tgoop.com/uydan_turib_buxgalteriya_kanali/506
Last Update:
#EHF #MXIK
Hurmatli soliq to‘lovchilar!
Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish va ma’lumotlarni bir marotaba kiritish orqali EHFlardagi ma’lumotlarni avtomat shakllantirish maqsadida 2022-yil 24-yanvardan quyidagi hujjat turlarida ixtiyoriy ravishda MXIK kodlarini aks ettirish imkoniyati qo‘shildi:
🔸ishonchnoma;
🔸tovar-transport yukxati;
🔸dalolatnoma (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida).
Ishonchnoma rasmiylashtirishda MXIKlardan foydalanish ixtiyoriy.
Agar EHFni avtomatik ravishda yaratish zarur bo‘lsa, ishonchnomada MXIK ko‘rsatilаdi.
MXIK bilan ishonchnoma shakllantirilgandan so‘ng, kontragent quyidagi amallar ketma-ketligini bajaradi:
“Qabul qilinganlar” bo‘limidan ➡️“Ishonchnomalar”ga kiriladi, ➡️“Sizning imzongizni kutmoqda” bo‘limi tanlanadi va u yerda ➡️“Qabul qilish va EHF yaratish” tugmasi bosiladi.
Noruda foydali qazilmalarni realizatsiya qiluvchilar avtomatik tarzda EHF shalklantirish uchun tovar-transport yukxati (TTY)da MXIK ko‘rsatishi shart hisoblanadi. Agar tovar-transport yukxati MXIK bilan shakllantirilgan bo‘lsa, EHF yaratishda tovar-transport yukxati ID-kodi ko‘rsatilishi kerak.
Boshqa hollarda tovar-transport yukxatini shakllantirishda MXIK ko‘rsatilishi shart emas.
Dalolatnoma (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida) shakllantirishda ham MXIKdan foydalanish ixtiyoriy.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
BY Уйдан туриб бухгалтерия | Channel
Share with your friend now:
tgoop.com/uydan_turib_buxgalteriya_kanali/506