Warning: mkdir(): No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 37

Warning: file_put_contents(aCache/aDaily/post/uydan_turib_buxgalteriya_kanali/--): Failed to open stream: No such file or directory in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Уйдан туриб бухгалтерия | Channel@uydan_turib_buxgalteriya_kanali P.523
UYDAN_TURIB_BUXGALTERIYA_KANALI Telegram 523
#onlayn_NKM #imtiyoz

Mahsulot kodlarini o‘qish qurilmalari va onlayn-NKM xarid qilganlik uchun soliq summasini qachondan kamaytirish mumkin?

2022-yil 1-yanvardan
boshlab raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) majburiy foydalanishi lozim.

👉PQ-5252, 3-band 4.10.2021

Bunda tadbirkorlik subyektlari 1.01.2023-yilgacha:

🔹foyda solig‘i;
🔹aylanmadan olinadigan soliq (AOS);
🔹YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS

bo‘yicha hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan summani onlayn-NKM va yuqorida nazarda tutilgan maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirishi mumkin (4 x 270 000 = 1 080 000 so‘m).

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 40-moddasiga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatlar, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Soliq kodeksining 4-moddasi 7-qismiga muvofiq, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Shunga muvofiq, PQ-5252-son qarorning 3-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari mazkur normativ-huquqiy hujjat e’lon qilingan kundan, ya’ni 4.10.2021-yildan boshlab kuchga kiradi.

Ushbu imtiyozni soliq hisobotida qanday aks ettirish mumkin?

Onlayn-NKM va yuqorida keltirilgan boshqa maxsus qurilmalarni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasi:

AOS bo‘yicha
➡️Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobining 0701-satr ko‘rsatilishi lozim. U avtomatik ravishda “AOS summasi hisobda turgan joyi bo‘yicha” – 080-satrda kamayadi;

foyda solig‘i bo‘yicha
➡️
Foyda solig‘i hisob-kitobining 101-satrida ko‘rsatilishi lozim. U avtomatik ravishda “Foyda solig‘ining budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan jami summasi” – 110-satrda kamayadi.

YaTTlar xarid qilingan onlayn-NKM va maxsus qurilmalarni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazganda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i uchun yuqorida qayd etilgan imtiyoz avtomatik ravishda inobatga olinadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

tgoop.com/uydan_turib_buxgalteriya_kanali/523
Create:
Last Update:

BY Уйдан туриб бухгалтерия | Channel

Share with your friend now:
tgoop.com/uydan_turib_buxgalteriya_kanali/523

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Some Telegram Channels content management tips As of Thursday, the SUCK Channel had 34,146 subscribers, with only one message dated August 28, 2020. It was an announcement stating that police had removed all posts on the channel because its content “contravenes the laws of Hong Kong.” Image: Telegram. ‘Ban’ on Telegram Users are more open to new information on workdays rather than weekends.
from us

Telegram Уйдан туриб бухгалтерия | Channel
FROM American