tgoop.com/uydan_turib_buxgalteriya_kanali/561
Last Update:
#onlayn_NKM
2023-yil 1-yanvardan:
❇️QQS stavkasi 12 %ga tushirildi. Shu sanadan onlayn nazorat-kassa texnikasi (Onlayn-NKT) cheklarida QQS stavkasi 15%dan 12 %ga oʻzgartirilishi lozim.
👉OʻRQ-812-son 30.12.2022
❇️Onlayn-NKT va virtual kassalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
▫️real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlangan boʻlishi;
▫️chek maʼlumotlari bilan joylashgan joyi boʻyicha geolokatsiya maʼlumotlarni operatorga yuborish;
▫️elektron toʻlov tizimlaridan foydalanilganda majburiy ulanishi;
▫️shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqish va aniqlash maxsus qurilmalariga ega boʻlishi;
▫️MXIK toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida xotirasiga yuklash;
▫️bank kartalari orqali toʻlovlarni qabul qilish.
👉VMQ-943 23.11.2019
📤Yuqoridagilarni inobatga olib, tadbirkorlik subyektlariga foydalanayotgan onlayn-NKT xotirasidagi maʼlumotlarni meyoʼriy hujjatlarda belgilangan talablarga moslashtirish lozimligi yuzasidan xabarnomalar yuborildi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter