UZATOM_INFO Telegram 2143
🔘 "Bilimlar muzyorar kemasi" nomli Arktika ekspeditsiyasi xalqaro miqyosida

Bugun Milliy tadqiqotlar yadro universiteti MMFI Toshkent filialida universitet bitiruvchisi Shahzoda Yokubovani 13-avgust kuni Murmanskdan Shimoliy qutbga "Atomflot" federal davlat unitar korxonasining "G'alabaning 50 yilligi" atom muzyorar kemasida jo’nashi rejalashtirilayotgan "Bilimlar muzyorar kemasi" nomli Arktika ekspeditsiyasiga kuzatish marosimi bo'lib o'tdi.

Shahzoda Yoqubova MTYaU MMFI TF talabasi sifatida universitetning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, bir qator ilmiy nashrlar chiqargan, shuningdek, oliygohda o’qiyotgan vaqtidayoq u muhandis bo'lib ishlagan edi, fanga katta qiziqishi bo’lganligi va yangi ko’nikmalarni tezda o’zlashtira olishi bilan talabalar orasida doim ajralib turgan.

Joriy yilning mart oyida Sochi shahrida bo'lib o'tgan Butunjahon yoshlar festivalida Rosatom davlat korporatsiyasi Shimoliy qutbga ilmiy-ma'rifiy ekspeditsiyaga qo'shilish uchun 15 nafar yoshlarni tanlab oldi. Bunda Shaxzoda o‘zining kosmik nurlarni tadqiq qilish ilmiy loyihasi tufayli g‘oliblar qatoridan joy oldi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ekspeditsiya ishtirokchilari sakkizta mamlakat, jumladan O'zbekiston, Kamerun, Bangladesh, Tunis, Belarus va Rossiya vakillaridan iboratdir. Ekspeditsiya davomida Yoqubova Sh. Shimoliy qutbga yaqinlashganda kosmik nurlarni o'rganish, bir qator seminarlar, mahorat darslari o'tkazishni va yosh olimlar klubi a'zolari bilan birgalikda ushbu yo'nalishda tadqiqotlarni davom ettirishni, shuningdek ma'ruzalar, ilmiy o'yinlar, tanlovlar va shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Ekspeditsiyadan qaytgach esa, u Vengriyada, Mishkolts universitetida magistraturada o'qishni davom ettiradi.

✔️Ma’lumot uchun:
7 avgust kuni “Rosatom” matbuot xizmati 13-avgust kuni “Rosatom” davlat korporatsiyasi va Rossiyaning “Bilim” jamiyati ko‘magida tashkil etilgan "Bilimlar muzyorar kemasi" nomli V Arktika ekspeditsiyasi Murmanskdan Shimoliy qutbga tomon jo‘nab ketishini ma’lum qildi. Bu yil ekspeditsiyaga dunyoning 15 ta davlatidan yosh mutaxassislari hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

Ekspeditsiya ishtirokchilari "Atomflot" federal davlat unitar korxonasining (“Rosatom” davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi) "G'alabaning 50 yilligi" atom muzyorar kemasi bortiga qabul qilinadi. Ushbu ilmiy sayohatning ko'plab xorijiy ishtirokchilari o'z mamlakatlarining yadroviy kemada Shimoliy qutbga yetib borgan birinchi vakillariga aylanadilar.

📝Telegram | 📝Facebook |💻 Instagram | Web sayt | 🎞YouTube |🐦 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

tgoop.com/uzatom_info/2143
Create:
Last Update:

BY Агентство "Uzatom" Агентлиги

Share with your friend now:
tgoop.com/uzatom_info/2143

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

The Standard Channel Other crimes that the SUCK Channel incited under Ng’s watch included using corrosive chemicals to make explosives and causing grievous bodily harm with intent. The court also found Ng responsible for calling on people to assist protesters who clashed violently with police at several universities in November 2019. The channel also called on people to turn out for illegal assemblies and listed the things that participants should bring along with them, showing prior planning was in the works for riots. The messages also incited people to hurl toxic gas bombs at police and MTR stations, he added. While some crypto traders move toward screaming as a coping mechanism, many mental health experts have argued that “scream therapy” is pseudoscience. Scientific research or no, it obviously feels good.
from us

Telegram Агентство "Uzatom" Агентлиги
FROM American