tgoop.com/uzavtoradio102/2723
Last Update:
UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilishini ma’lum qiladi
Hurmatli avtomobil ixlosmandlari,
Bugun, 12:00 da 2024-yil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining butun hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi.
Avtomobil xarid qilish uchun shartnomani faqat onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. E’tibor qarating, shu kunlarda barcha Chevrolet dilerlik markazlari savdo tizimidan o‘chiriladi va avtosalonlarning barchasi yopiq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Chevrolet ommabop avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat UzAutoSavdo ilovasi ((iOS/Android), shuningdek savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. Telegram-bot faqat navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.
BATAFSIL👉
BY Avtoradio fans

Share with your friend now:
tgoop.com/uzavtoradio102/2723