tgoop.com/uzbairportsuz/6565
Last Update:
O‘zbekiston aeroportlarida “Sog‘lom turmush tarzi uchun” aksiyasi o‘tkazildi
“Uzbekistan Airports” Respublika OITSga qarshi kurash markazining joriy yilning 24-noyabridan 5-dekabriga qadar O‘zbekistonning barcha aeroportlarida “Sog‘lom turmush tarzi uchun” aksiyasini o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Aksiya doirasida xorijdan kelayotgan yo‘lovchilarga bepul ravishda OIV-infeksiyaga qarshi ekspress-testini o‘tkazish taklif etildi.
“Ushbu tadbirlar har yili 1-dekabr kuni nishonlanadigan Butunjahon OITSga qarshi kurash kuniga bag‘ishlandi. Aksiyadan ko‘zlangan maqsad nafaqat ko‘proq aholini test sinovlari bilan qamrab olish, balki aholi o‘rtasida ushbu kasallik, uning diagnostikasi, davolash va himoyalanish usullari to‘g‘risida xabardorlik darajasini oshirishdan iborat. 12 kun davomida respublika aeroportlarida jami 1080 kishi ekspress-testdan o‘tkazildi”, — deya izoh berdi “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.
Eslatib oʻtamiz, “Uzbekistan Airports” va uning tarkibidagi korxonalar Respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda muntazam ravishda Donorlar kunini oʻtkazib keladi, bunda kompaniya xodimlari donor qoniga muhtojlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qon topshirishadi.
Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | X | IOS/Android
BY UZBEKISTAN AIRPORTS
Share with your friend now:
tgoop.com/uzbairportsuz/6565