tgoop.com/uzbairportsuz/6587
Last Update:
Toshkent aeroportida royal musiqa asbobi o‘rnatildi
Poytaxt xalqaro aeroportining jo‘nab ketish zalida Yangi yil arafasida "Uzbekistan Airports" AJ va "Duty Free Uzbekistan" kompaniyasining Toshkentdan uchayotgan yo‘lovchilarga ramziy sovg‘asi sifatida fortepiano-royal musiqa asbobi o‘rnatildi.
“Dunyoning ko‘plab aeroportlarida fortepiano bor va ulardan istalgan yo‘lovchi foydalanishi mumkin. Biz ham ushbu g‘oyani tatbiq etishga qaror qildik va bojsiz savdo zonasida ajoyib musiqa asbobini o‘rnatdik. Bu nima uchun kerak? Birinchidan, aeroport allaqachon odamlar faqat parvoz qilish uchun keladigan bino maqomidan voz kechgan. Bugungi kunda, yo‘lovchilar aeroportda ma’lum bir xizmatlarni kutishadi - do‘konlar, kafelar, bankomatlar, quvvatlash stansiyalari va boshqalar. Ammo bularning barchasidan tashqari, odamlar ko‘ngilochar narsalarni ko‘rishni istaydilar. Yo‘lovchilarimiz raqs yoki opera fleshmobi, maqom konserti yoki shunga o‘xshash biror bir madaniy tadbirga doim ijobiy munosabatda bo‘lishadi. Shunday qilib, biz fortepiano ajoyib ko‘ngilochar vosita bo‘ladi degan fikrga keldik. Bundan tashqari, uzoq davom etadigan parvozlar ma’lum darajada stress holatini keltirib chiqarishi mumkin. Odamlar samolyotni kutayotganda asabiylashishlari mumkin, musiqa esa taranglikni yo‘qotadi, dam olishga, tinglovchilarning ham, musiqachining ham kayfiyatini ko‘tarishga imkon beradi”, — deyiladi “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabarida.
Weinbach T200 rusumidagi royal ajoyib ovoz xususiyatlariga va go‘zal tembrga ega. Ushbu musiqa asbobini chalish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan har bir yo‘lovchi mazkur royaldan foydalanishi mumkin.
Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | X | IOS/Android
BY UZBEKISTAN AIRPORTS
Share with your friend now:
tgoop.com/uzbairportsuz/6587