tgoop.com/uzbek_taomlari/3065
Last Update:
🧆BESHBARMOQ🧆
Beshbarmoq taomidan siz hali umuman tayyorlab ko’rmagan bo’lsangiz, unda hozirgi retseptimiz sizga ko’makchi bo’lishi shubhasiz.
O’z qo’llaringiz bilan pishirgan beshbarmoq yanada lazzatliroq ta’mda chiqadi.
Masalliqlar
🥩1200 gramm qo'y go'shti
🥩1200 gramm mol go'shti
🍠1-2 bosh piyoz
🥕1 dona sabzi
🧂ta'bga qarab tuz va murch
🥓300 gramm qazi
XAMIRIGA:
🍚320-350 gramm un
🥚1 dona tuxum
🥘100 millilitr sho'rva bulyoni
🥄1 choy qoshiq tuz
✅Qadam 1
Qozonga go'sht, piyoz, sabzini solamiz, ustidan 2 litr sovuq suv quyamiz.
Gaz ustiga qo'yib, kamida 2-3 soat qaynatib pishiramiz.
Vaqt-vaqti bilan, ustidagi ko'pigini olib tashlaymiz.
Tayyor bo'lishidan yarim soat oldin, tuz va murch sepamiz.
✅Qadam 2
Tog'orachaga un, tuxum, qaynatilayotgan sho'rva bulyoni va tuzni solib, qattiqroq, qo'lga yopishmaydigan xamir qorib olamiz.
Xamirni ustini yopib, 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
✅Qadam 3
Tingan xamirni olib, 1.5-2 mm qalinlikda yoyib olamiz va 5-7 sm kattalikda to'rtburchak yoki rombsimon shaklda kesib chiqamiz.
Xamirlarni yoyib, 20 daqiqaga biroz qurishi uchun qoldiramiz.
✅Qadam 4
Bulyon ustidan yog'larini olib, kichkina qozonchaga solamiz. Ustidan piyozni yupqa parrak qilib to'g'rab solamiz va yumshagunicha pishiramiz. So'ng shu piyozli aralashmani bulyonning ichiga solamiz.
✅Qadam 5
Bulyondan pishgan go'shtlarini olamiz va xamirlarni solib, 1-2 daqiqa davomida qaynatib pishiramiz.
Pishgan xamirni kattaroq laganga solamiz, ustidan go'shtni to'g'rab yoki butunligicha solamiz.
✅Qadam 6
Taom ustini qazi bo'laklari va to'g'ralgan piyoz bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
👨🍳💥HA AYTGANCHA KANALIMGA OBUNA BO'LING VA BUNDANDA YAXSHI RETSEPTLAR, DUNYO TAOMLARI O'ZBEK MILLIY TAOMLARI TAYYORLANISH SIRLARIDAN BAHRAMAND BO'LING
👇
@uzbek_taomlari
BY Uzbek Milliy Taomlari
Share with your friend now:
tgoop.com/uzbek_taomlari/3065