AQShda prezidentlik saylovi qanday ishlashi haqida qisqacha yoki prezidentni saylagan 537 dona ovoz haqida.
Bu jarayon siz o'ylagandek oson emas - AQShda eng ko'p ovoz olgan nomzod prezident bo'lmaydi. Eng ko'p elektoral kollegiyasi ovozlarini olgan nomzod prezident bo'ladi. Ya'ni, amerikaliklar prezidentga to'g'ridan-to'g'ri ovoz bermaydilar, ularning nomidan nomzodlarga ovoz beradigan elektoral kollegiyaga ovoz beradilar. Va shu kollegiya keyin (yanvarda) o'zlaridan kutilgan nomzodga ovoz beradilar.
Bu tizimda AQSHning 50ta shtatlarining (va DC) har biriga AQSh Kongressidagi vakilliklariga qarab bir qancha saylov ovozlari ajratiladi. Masalan, Kaliforniyada 54 ta, Vayomingda esa 3 ta elektoral kollegiya ovozi bor. Umumiy 538ta elektoral kollegiya ovozi bor. Kamida 270ta ovoz olgan nomzod prezident bo'ladi.
Eng ko'p ovoz to'plagan nomzodlar prezident bo'lmay qolgan vaziyatlar ham bo'lgan. 1800-yillardan beri eng ko'p ovozni qo'lga kiritgan besh nomzod elektoral kollegiyasida yetarli ovoz olmagani uchun mag'lub bo'lgan. Eng so'nggi va yaxshi misol bu 2016 yilgi saylovlarda bo'lgan. O'shanda Hillari Klinton Trampdan qariyb 3 millionga ko'p ovoz olgan, biroq elektoral kollegiyadan 80 ta kam ovoz olgan.
Barcha shtatlarda (Maine va Nebraskadan tashqari) ko'pchilik ovozini olgan nomzod shtatdagi barcha saylovchilar ovozlarini qo'lga kiritadi. Masalan, aytaylik Floridada 6 milionta ovoz beruvchi bor. 2,999,990 ovoz Harrisga va 3,000,010 ovoz Trumpga berilsa unda butun shtat Trampga ovoz berdi deb shtatdagi barcha 30 ta elektoral kollegiya ovozini qo'lga kiritadi. Ya'ni, shu 20 dona saylovchi deb butun shtat boshqa nomzodga ovoz berdi deb hisoblanadi. Winner takes all tushunchasi bilan.
Bu shunchaki gipotetik vaziyat emas. AQSh tarixidagi balki eng qiziq saylov 2000 yilda bo'lgan. Nomzodlar Bush (kichik) va Al Gor orasidan kim prezident bo'lishini bor yo'g'i 537 dona ovoz farqi hal qilgan. Poyga Florida shtatiga taqalgan va yerda kim 25ta elektoral kollegiya ovozini olsa prezident bo'lishi kerak edi. Florida shtatida 2,912,790 ta odam Bushga va 2,912,253 ta odam Al Gorga ovoz berishgan. Ya'ni, shu floridalik 537ta odam AQSh prezidenti kim bo'lishini, qaysisir ma'noda tarixni ham hal qilgan desa bo'ladi.
Albatta, bunday o'ta yaqin ovozlar yig'ilsa barcha byuletenlar birma-bir qayta sanaladi, o'z tartibi bor. Ish Oliy sudgacha borgan, bir oy davom etgan jarayon mobaynida AQShda kim prezident bo'lgani no'malumligicha qolgan. Oliy sudda "Bush v. Gore" keysi orqali prezident e'lon qilingan.
Shuning uchun ham AQShda "every vote counts" yoki ovoz bering, saylovga chiqing degan shiorlar, chaqiriqlarni ko'rasiz. Ikkala partiya tomondan. Chunki ko'rib turganingizdek, prezidentlikni bir necha yuz, bir necha ming ovozlar hal qilib ketadi. Ayniqsa, bu yilgisini. Tanga tashlab aniqlanadigan darajada turibdi desa bo'ladi.
@uzbekonomics

Eng muhim 7ta shtat.
Bu yil 7ta swing state yoki battleground state bor. Bular Arizona, Jorjiya, Michigan, Nevada, Shimoliy Karolina, Pensilvaniya, va Visconsin.
Bu shtatlarda poyga yaqin bo'lib avvalgi prezidentlik saylovlarida yilga va nomzodga qarab yoki respublikachi yoki demokrat nomzodni kichkina farq bilan saylashgan. Ya'ni, u shtatlarda qaysi nomzod yutishini bashorat qilish qiyin, avval aytganimdek ba'zi (masalan, Nyu York, Alabama, Texas) shtatlardan farqli o'laroq.
Mana bu interaktiv veb saytda bo'lishi mumkin natijalarni simulyatsiya qilib ko'rsa bo'ladi. Kamida 270ta elektoral kollegiya ovozini olgan nomzod yutadi. Hozirgi so'rovnomalar, erta saylov natijalari va kutilmalarga ko'ra taxmin qilib ko'radigan bo'lsak Tramp Shimoliy Karolina, Jorjiya, Arizonani olsa, va Harris Michigan, Viskonsin va Nevadani oladigan bo'lsa shunda Trampda 262 ta va Harrisda 257 ta ovoz bo'ladi va kim Pensilvaniyani olsa o'sha prezident. Yoki, Tramp Shimoliy Karolina, Jorjiya va Pensilvaniyani olsa shuning o'zi unga yetadi. G'alaba uchun Harrisda kamroq yo'llar mavjud, va u Michigan bilan Viskonsinni olishi deyarli shartdek. Ya'ni, Harris Michigan-Viskonsin-Pensilvaniya uchtaligini olishning o'zi ham kifoya, qolgan 4ta shtat Trampni tanlasa ham.
Albatta, bu yerda boshqa shtatlardan syurpriz bo'lmaydi deb faraz qilinyapti, masalan Virjiniyada.

270toWin.com
270toWin - 2024 Presidential Election Interactive Map
Create your own forecast for the 2024 presidential election
Tug'ilish darajasi butun dunyoda kutilgandan ham tezroq sur'atlarda tushib bormoqda, modellar xato ekanligiga ham ishora qilinmoqda. Buning aniq sabablarini hech kim aniq bilmaydi, ya'ni bu jarayonga bitta emas bir nechta omillar ta'sir qiladi, farazlar ko'p. Shu to'g'risida bugun Alis Evans yaxshi kolonka yozibdi. O'qishni tavsiya etaman.
Tug'ilish darajasi tushib borishi dunyoda #1 muammo, buni kam tan olishsa ham.
@uzbekonomics
Tug'ilish darajasi tushib borishi dunyoda #1 muammo, buni kam tan olishsa ham.
@uzbekonomics
archive.is
Peak population may be coming sooner than we think
archived 25 Oct 2024 04:50:03 UTC
Yarim yil oldin podkastimizda aynan shu mavzuda, tug'ilish darajasi, aholi soni va iqtisodiy farovonlik haqida suhbatlashganmiz. Agar o'sha sonini o'tqazib yuborgan bo'lsangiz uni tinglash/tomosha qilishni va boshqalarga ham ulashishni tavsiya etaman:
https://www.tgoop.com/uzbekonomics/911
@uzbekonomics
https://www.tgoop.com/uzbekonomics/911
@uzbekonomics
Telegram
Uzbekonomics
O'zbekiston aholisi kecha 37 millionga yetibdi. Nima uchun aholi ko'paygani yaxshi va uning iqtisodiyotga ta'siri haqida podkastimizning oxirgi sonida gaplashgan edik. O'tqazib yuborganlar bo'lsa tinglash uchun YouTubeda havola:
https://youtu.be/RO77V45vghA…
https://youtu.be/RO77V45vghA…
Neyt Silverning modeli ham shunday "mean reversion"ni ko'rsatayotgan ekan.
Kuni kecha Madison Square Gardendagi ralli va undagi gaplar o'rtadagi ovoz beruvchilarga xulosa qilishga turtki bo'layotganmikan?

Asl o'chog'larni, sabablarni aniqlash, qo'l bilan ishora qilish va ularni bartaraf etish kerak.
Ungacha O'zbekiston va Toshkentda havo sifati va ekologiya yaxshilanishidan avval bundanda yomonlashishi tabiiy.

Podkastimizning yangi soni chiqdi va u AQShdagi 2024 yilgi prezidentlik saylovi haqida bo'ldi.
Epizod davomida avvalambor AQShda prezidentlik saylovlari qanday ishlashiga to'xtaldik, nimalarga e'tibor berilishi, qaysi shtatlarda ovoz berish boshqalarnikidan ahamiyatliroq ekanligi haqida gaplashdik. Suhbat davomida nomzodlarning iqtisodiy dasturlari haqida batafsil to'xtaldik va tahlil qildik.
Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.
https://youtu.be/k2HNi53aB1c
Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean
Bu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/

YouTube
46 - AQShda 2024 yilgi prezidentlik saylovi va nomzodlarning iqtisodiy dasturlari tahlili
Bugungi epizodimiz AQShdagi 2024 yilgi prezidentlik saylovi haqida bo'ldi. Epizodda avvalambor AQShda prezidentlik saylovlari qanday ishlashiga to'xtaldik, nimalarga e'tibor berilishi, qaysi shtatlarda ovoz berish boshqalarnikidan ahamiyatliroq ekanligi…
Hozir saylov kuni holatiga kecha o'tqazgan so'rovnomamiz va AQShdagi kutilmalar bozori (predictions market) birga-bir teng bir xil raqamlarni ko'rsatmoqda.
Qiziq.
@uzbekonomics
Qiziq.
@uzbekonomics
Uzbekonomics
Prezidentlik saylov uchun eng muhim shtatlardan biri bu Pensilvaniya. Oq Uyga yo'l Pensilvaniya shtatidan o'tadi deyishadi. Menimcha shu yo'l Baks tumanining qoq markazidan o'tadi. Pensilvaniya elektoral kolledj bo'yicha 19ta ovozga ega shtat. Shtatda ko'pchilik…
Kutilganidek, butun saylov natijasi hozir Pensilvaniyaga taqalmoqda.
Harris yutishi uchun Pensilvaniyani olishi shart. Lekin, yetarli emas. Undan tashqari Michigan va Viskonsinni ham olishi kerak. Agar Pensilvaniyani olmasa - tamom.

Hozircha, Harris 2020 yilgi Baydendan ko’ra deyarli barcha “ko’k” tumanlarda kamroq ovoz olibdi. “Qizil” tumanlarda ham.
Senat ham “qizil” bo’ldi. Kongress ham shunga qarab ketyapti, menimcha. Bu juda katta narsa.
Ya’ni, prezident ham, Senat ham, Kongress ham respublikachilarga ketadigan bo’lsa.
Trampda cheksiz hokimiyat bo’ladi degani. Buning oqibatlari yaxshi emas, albatta.

"AQShdagi prezidentlik saylovlari bu iqtisodiyot haqidagi masala, ahmoq"
1992 yilgi Bill Klinton kampaniyasida yangragan bu gaplar bu yil ham aktual. Ya'ni, mazmun shundan iborat ediki saylovchilar hukumatdan qoniqish hosil qiladimi yoki yo'qmi, uni qayta saylaydimi yoki yo'qmi, bu iqtisodiyotdagi vaziyatga bog'liq.
Bu yilgi saylovdachi? AQSh iqtisodiyoti har qachongidan kuchliroq, ishsizlik ko'rsatkichi tarixiy minimumda, inflyatsiya darajasi ham target bo'lgan 2%ga yaqinlashib qolgan, mehnat samaradorligi bo'yicha, va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha AQSh iqtisodiyoti boshqa rivojlangan mamlakatlarnikiga qaraganda ancha barqaror. Va, bu ko'rsatkichlar Bayden prezidentligi paytida bo'ldi (hammasi ham Bayden sababli degani emas, albatta, lekin fakt shundaki Bayden kuchli iqtisodiyotni qoldirib ketmoqda). Unda savol tug'iladi, nima uchun ovoz beruvchilar mana shunday kuchli iqtisodiyotni ta'minlagan administratsiyani qayta saylamadi (Harris = Bayden administratsiyasi)?
Gap shundaki, bu yil ovoz beruvchi amerikaliklar uchun nafaqat iqtisodiyot, balki aynan uning bir ko'rsatkichi - inflyatsiya muhim edi. To'g'rirog'i inflyatsiya haqidagi tasavvurlarga qarab. Kechagi saylovdan keyingi ekzit-pollar ham shuni ko'rsatibdi. Siz uchun bu saylovda eng muhim omil nima deb so'ralganda birinchi o'rinda 35% odamlar demokratiyaga tahdid deyishgan, lekin ularning 81% Trampni demokratiyaga tahdid deb hisoblashgan. Eng muhimi, ikkinchi o'rinda, 31% ovoz beruvchilar inflyatsiyani o'zlariga muammo sifatida ko'rishgan, va ularning 79 foizi Trampga ovoz bergan.
Soddalashtirish uchun - "do'kondagi tuxum, restorandagi gamburger va zapravkadagi benzin narxlari hozirda 4-5 yilga qaraganda qimmatroq edi, u paytda D.Tramp prezident edi, narxlar hozir amaldagi administratsiya davrida oshdi, biz narxlarni yana o'sha arzon paytiga qaytishni hohlaymiz" degan saylovchilar Trampni sayladilar.
Biroq, jumboq shundan iboratki, Trampning iqtisodiy siyosati narxlarni, inflyatsiyani yanada to'g'ridan-to'g'ri oshirishi kutiladi. Harris lageri ham mana shunga yetarlicha urg'u bermadi deb o'ylayman. Ikkinchidan, kecha Trampni saylagan ovoz beruvchilarda hozirgi iqtisodiyot haqidagi tasavvurlar keskin o'zgarishini kutish mumkin. Axir, inflyatsiya target bo'lgan 2% foiz darajaga tushib bo'lganku.
Aytgancha, saylovchilar uchun tashqi siyosat ham (4%), immigratsiya masalasi ham (11%) bozordagi narx-navo haqidagi fakt va tasavvurchalik muhim emas.

Reuters
Hey stupid, it wasn't just the economy. It was inflation
U.S. presidential elections are all about "the economy, stupid", said Bill Clinton's strategist James Carville in 1992.
Ovoz beruvchilarning 76 foizi (ekzit poll) oxirgi yilda inflyatsiyadan qiynalganmiz degan va ular Trampga ovoz bergan. Inflyatsiyadan unchalik qiynalmaganlar esa tabiiyki Harrisga.
@uzbekonomics
@uzbekonomics
Dollar chunki qimmatlamoqda (kuchaymoqda).
- bozorda davlat xarajatlari, defitsit oshishi kutilmalari oshmoqda, bu ikkala nomzod prezident bo'lsa ham kutilgan edi. Fiskal xarajatlar oshishi inflyatsion bosimni oshiradi. Markaziy bank inflyatsiyani jilovlash uchun stavkalarni yana oshirishga majbur bo'ladi degan kutilma bor. Foiz stavka oshgani dollarni jozibaliroq qiladi, masalan tashqaridan investitsiya uchun
- bozorda tariflar oshishi kutilmalari oshdi. Trampning asosiy iqtisodiy dasturi shu edi. Uni qanchalik amalga oshira oladi, bu boshqa masala, lekin fakt shundaki tarif oshish kutilmasi oshdi. Avvalambor, tariflar oshishi, importga cheklov dollarga talabni oshiradi. Ikkinchidan, tariflar oshishi yana o'sha inflyatsion bosimni oshiradi, narxlar oshish kutilmasi bor - bu esa foiz stavka oshish kutilmasini oshiradi. Avvalgi punktdagi kabi bu dollarga talabni oshiradi.

bakiroo
Олтин ва евро кескин арзонлашмоқда
Сайлов натижалари аниқ картина ҳосил қилгач, олтин котировкалари ва евро курси пссайишни бошлаган.
Олтин иккиланувчи штатларда натижаларнинг жуда тез ва катта фарқ билан ҳал бўлиб улгургани ҳисобига эрталабки 2 755 доллардан…

Red wave, red shift ekan.
Hozircha byuletenlar hisoblab bo'lingan okruglarning mutlaqo aksariyati 2020 yildagi saylovlarga qaraganda "o'ngga" ketibdi.

Odamlarning iqtisodiyot haqidagi tasavvurlari ular qaysi partiyaga yaqin ekanliklari va o'sha davrda qaysi partiya hokimiyatda ekanligiga bog'liq. Mana bu grafik shuni yaqqol ko'rsatadi. Obama paytida respublikachilar iqtisodiyotni yomon ahvolda deb o'ylashgan, Trampning birinchi muddatida esa demokrat bo'lgan aholi iqtisodiyot ahvoliga salbiy baho berishgan. Bayden paytida yana respublikachilar.
Odamlar iqtisodiyotning ahvoliga doimo holis (unbiased) baho bera olmaydilar. Ayniqsa tarafkashlik partiya bilan o'lchanganda.
Biroz avval aytganimdek, respublikachilarning iqtisodiyot haqidagi tasavvurlari bugundan boshlab keskin o'zgarishi tabiiy bo'ladi. Tramp hali hech narsa qilish ulgurmasa ham.