Tramp prezidentligida nimalarni kutish mumkin, uning iqtisodiy dasturi nimadan iborat edi? Mana shular haqida biz podkastimizda saylovdan oldin mulohaza qilgan edik. Eslatma sifatida, tomosha qilish, tinglashni tavsiya etamiz:
https://youtu.be/k2HNi53aB1c
Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean
Bu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/
@uzbekonomics

“Tramp tariflari” ni endi, saylovdan keyin Google qilishmoqda.
Britaniyadagi Brexit referendumidan keyingi vaziyatga dejavyu bo’layotgandek-a?
@uzbekonomics
Britaniyadagi Brexit referendumidan keyingi vaziyatga dejavyu bo’layotgandek-a?
@uzbekonomics
Elon Mask Donald Trampdan foydalandi.
Elon Mask uchun Donald Tramp Oq uyga lotereya chiptasi edi. Iyul oyida yozgan edim:
"...Mask Twitterni AQSh prezidentlik saylovlariga aralashish, uning natijasiga, ovoz beruvchilar ma'lumot maydoniga ta'sir yetkazish uchun sotib olgan deyish mumkin..."
Elon Mask bu chiptani o'ynadi. Oktyabrda yozgandim:
"Mask Tramp orqali Oq uyga maksimal darajada yaqinlashishi mumkinligini bilgan holda ham harakat qilyapti."
Noyabr oyida esa Elon Mask bu lotereyani yutib oldi. Endi de-fakto AQShning soyadagi prezidenti yoki soyadagi vitse-prezidentiga aylandi desa bo'ladi. Kamida, maslahatchisiga. Tashqi ishlar masalasida ham stol atrofida joy topildiku, masalan.
Kuni kecha Elon Mask AQShdagi eng muhim va mustaqil institutlardan biri bo'lgan AQSh Markaziy banki (Fedrezerv) prezidentga bo'ysunishi haqidagi fikrlarni qo'llab-quvvatlashini aytdi. Jerom Paulning "yo'q" degan gaplari tegib ketgan-da. Maskdan bu albatta yangilik emas. Mask anchadan beri Fedrezerga qarshi va konspirologik g'oyalarni targ'ibot qilib keladi. Tramp ham Mask bilan fikrdosh, yaqinda o'zining biznesdagi muvaffaqiyati va moliyaviy ziyrakligi unga Fedrezervdagi iqtisodchilardan ko'ra yaxshiroq instinktlar berishini ta'kidlab men bank raisidan ham yaxshiroq bilaman degandi.
Xullas, yanvarda rasman ish boshlaydigan hokimiyat AQSh Markaziy bankiga tajovuzni faqat oshiradi.
Bundan tashqari, Elon Maskning AQSh hukumatiga juda yaqin kelishi manfaatlar to'qnashuvining eng cho'qqisiga misol bo'ladi. Maskning bir nechta korxonasining faoliyati federal regulyatorlar tomonidan tartibga solinadi (SpaceX, Tesla), va ba'zi kelishmovchiliklari bor. Musk Trampga federal hukumatdagi ishchilar soni va faoliyatini tartibga solish bo'yicha yordam berishi kutilmoqda. Butun federal hukumat xarajatini qisqartirish bahonasida o'z korxonalarini regulyatsiya qiladigan regulyatorlarning ham faoliyatiga to'g'ridan-to'g'ri kirib borishi mumkin-ku. Ko'ramiz.

Donald Tramp esa Elondan foydalandi.
2022 yilda Tramp o'zi egalik qiladigan Truth Social ijtimoiy tarmog'ida Elon haqida bunday yozgandi:
"Elon Mask Oq Uyga kelib, davlat subsidiyalaridan foydalanadigan uzoqqa bormaydigan elektr mashinalari, hech qayerga uchmaydigan raketalari uchun yordam so‘raganida, o‘zini katta Tramp tarafdori va respublikachisi sifatida ko‘rsatgan edi. Shu paytda men tizzangda tur va iltimos qil desam, u albatta shunday qilgan bo‘lardi..."
2024 yilgi Tramp uchun Elon Mask egalik qiladigan ma'lumotlar maydonidagi eng katta platforma bo'lgan Tvitter ham va Elonga ergashgan do'stlar, auditoriya ham suvdek kerak edi. Elon Maskning Twitterdagi oxirgi oylardagi faoliyati kuzatgan odam biladi, nimalar qilganini.
Ko'ramiz, buyog'iga endi nima bo'lar ekan. Tramp shaxsini bilgan holda shuni kutish mumkinki, Elon Maskni ham boshqa sobiq safdoshlari kabi foydalanib bo'lgach "tashlab" ketishi yangilik bo'lmaydi (Nikki Heyli kabi, masalan).

Uzbekonomics
Dunyoda yilning eng muhim hodisasi - AQShda prezidentlik sayloviga bir haftadan kamroq vaqt qoldi. Shu haqida bu hafta yozib boraman. Hozirda qanday kutilmalar bor? Menimcha, 4ta indikator bor. Lekin bular naqadar aniq degan savol bor va ulardan nimani o'rganishimiz…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Donald Trampni saylagan Michiganlik (amerikalik) arablar.
Michigan shtatida, Detroitning tashqarisida Dearborn degan shahar bor. 100mingdan ko’p odam yashaydi. Aholisining 55% ko’pini yaqin sharqlik va shimoliy afrikalik arablar tashkil qiladi. Bu shaharni AQShning norasmiy arab poytaxti deyishadi.
Michigan shtati o’sha yettita eng muhim, tebranuvchi shtatlardan biri edi. Dearborn shahrining 42 foiz ovoz beruvchisi Trampga ovoz beribdi, 18 foizi esa protest sifatida yashil partiya nomzodi Jill Steynga beribdi (bu ham de-fakto Trampga ovoz degani). E'tiborga molik qismi shuki, bu shahar aholisi kichik Bush paytidan beri faqat demokrat prezident nomzodlarga ovoz berib kelgan. Bu yilgi kongress va senatdagi o'rinlar uchun ovozlarini ham demokrat nomzodlarga berishgan. Ya'ni, bu shahar aholisi azaldan va hozir ham demokratlarga ovoz beradi, Kamala Harris dan tashqari.
Prezidentlik saylovning oxirgi ko’rsatkichlariga qaraydigan bo'lsak Michiganda Donald Tramp atigi 80 mingta ovoz farqi bilan yutganini ko'ramiz. Dearborn shahriga o'xshash arablar yashaydigan qo'shni Hamtramck, va Dearborn Heights shaharlaridagi ovoz beruvchilar soni shu 80 mingdan ko'proq bo'ladi. Agar shular saylovga chiqib va Harrisga ovoz berganlarida Michigan shtati Harrisga ketishi ham mumkin edi. Albatta, bu umumiy saylov natijasiga ta'sir qilmasa ham.
Nima uchun doimo demokratlar ovoz beradigan Dearbornlik arablar Harrisga ovoz berishmadi? Harrisning ijtimoiy siyosati uchunmi, masalan ta'lim (axir u kaliforniyalik), yoki Harris ayol bo'lgani uchunmi? Yo'q. Ularning o'zlariga ko'ra, Harrisga ovoz bermaslik orqali Bayden-Harris administratsiyasini jazolash, va yutqazishini ta'minlash ekan manba: [1,2,3]. Nima uchun jazolash? Bayden Ga'zodagi urushni to'xtatmaganligi uchun va Harrisning Michigandagi saylovoldi kampaniyasi paytida protestlarning ovozini o'chirishga harakat qilganliklari uchun.
Tramp bundan foydalandi. Saylovdan bir necha kun oldin Dearbornga keldi, mahalliy arablar hamjamiyati bilan uchrashdi va ularga aftidan ko'p va'dalar berdi (bu yerda ko'rishingiz mumkin). Amerikalik arablarning gapiga ko'ra Tramp kelib ularga hurmat ko'rsatdi, Harris esa kelmadi, bizni eshitmadi, hurmat qilmadi deyishyapti. Xullas, Dearbornliklar, arab-amerikaliklar Tramp yutganidan, to'g'rirog'i Harris yutqazganidan xursand.
Lekin, bunda paradoks bor. Bayden-Harris administratsiyasi haqiqatdan ham G'azo masalasida xato qildi, lekin bu xato uchun Harrisni jazolash Trampni Oq uyga olib kelish degani. Shunda, Bayden-Harris administratsiyasidan ko'ra D.Tramp Falastin masalasida to'g'ri ish tutadi degan faraz bormi? Ha, yuqoridagi ovoz berganlarning o'zlari ham shunday deyishyapti, Tramp ularga urushni to'xtataman degan. Lekin, masala to'xtatishda emas, qanday to'xtatishda ediku.
Dearborn arablari "ha biz Tramni yoqtirmaymiz, lekin Harrisga message yuborishimiz kerak edi" deyishyapti. Lekin, bu message o'zlariga va eng muhimi Falastinliklar taqdiriga qimmatga tushishi, ayanchliroq oqibatlarga olib kelishi mumkin. Nimaga?
1/2

Birinchidan, Trampning tarixini ba'zilar unutishgan chog'i. Tramp birinchi safar prezident bo'lganida qilgan birinchi ishlaridan biri AQSh elchixonasini Quddus shahriga ko'chirish va shaharni mamlakat poytaxti deb tan olishi bo'lgan. Shu yilning boshida Trampning kuyovi Jared G'azodagilarni boshqa yerga ko'chirishni, G'azo sohili yeri qimmat va kurort uchun jozibali ekanligini aytgandi. Trampning mana bu gaplari ham bo'lgan edi. Ikkinchidan, Tramp saylovni yutgandan so'ng Isroil hukumati vakillaridan Iordan daryosining gʻarbiy sohili yerlarini bosib olishga chaqiriqlar ham paydo bo'lmoqda, ya'ni Trampning g'alaba qozonilgani urush uchun kart-blansh beradigandek qabul qilinyapti. Uchinchidan, Trampning yangi kabinet, yangi hokimiyatga tayinlovlaridan ham yo'nalish qayerga ketayotganini bilish mumkin. Stefanikni BMTga, Mayk Waltzni esa xavfsizlik masalasida maslahatchi qilyapti. Mana shu Waltzning tayinlovi qiziq. Trampning "urushga qarshi" va "tinchlik tarafdori" narrativiga qarshiroqdek. Waltz Cheneyning kontrterrorizm bo'yicha maslahatchisi bo'lgan, Afg'onistondan chiqib ketishga qarshi bo'lgan. Harris qilgan xatolaridan biri ham Liz Cheneyni safiga qo'shish edi, bunga Trampning o'zi ham bir necha bor urg'u bergan edi. Menga ovoz beringlar, men ulardan farqliman deb. Waltzning bu tayinlovidan keyin esa, Trampga ovoz berganlar endi hayron.
Meni o'ylantirayotgan narsa shuki, Trampni G'azodagi urushni va Falastinliklar taqdirini ijobiy hal qiladi deb o'ylab unga ovoz berganlar Tramp va uning platformasi ulardan shunchaki ovoz olish uchun foydalanganini hali anglab yetishmagandek. Lekin, endi kech. Yana bilmadim.
2/2

Trampning boshqa tayinlovlariga qaraydigan bo'lsak keyingi administratsiya siyosati vektorini ko'rish mumkin.
Birinchi prezidentligi muddatida qilgan birinchi ishlaridan yana biri bu "Muslim ban" edi. Esingizdami? Aholisining aksariyatini musulmonlar tashkil etadigan ba'zi mamlakatlar fuqarolari uchun AQShga kirishga ta'qiq e'lon qilgandi. Albatta, u ta'qiq uzoqqa bormadi va Tramp sudga berildi va yutqazdi. Ana o'sha siyosatning arxitektori bo'lgan Stiven Miller yana administratsiyaga qaytib Trumpga siyosiy masalalar bo'yicha maslahatchi bo'lishi kutilayapti ekan. Qaytaraman, Muslim banni yaratgan va tarafdori administratsiyaga qaytyapti.
Stiven Miller nafaqat Muslim banni yaratgan, balki oxiri haftalar davomida qilgan gaplari ham e'tiborga molik: "Amerika faqat amerakaliklar uchun va boshqa hech kimga emas" deb Trampning saylovoldi rallisida nutq qilgandi. Aytgancha, Stiven Miller Tramp aloqasi yo'qligini aytib keladigan Project 2025 ning hammualiflaridan biri hisoblanadi.
Boshqa tayinlov, Tom Homan, chegarani mustahkamlash va noqonuniy immigrantlarni deportatsiya qilishga mas'ul qilib tayinlanibdi. U ham Project 2025 ning hammualiflaridan biri. Yangi administratsiya ishni boshlagan kundan boshlab va'da qilingan keng ko'lamli deportatsiyalarni boshlaymiz deyapti. Men hech qanday shubxa qilmayman, Tramp barchaga va'da qilganidek noqonuniy immigrantlarni deportatsiya qilishni boshlaydi va bunda Tom Homan eng katta mirshab bo'lib ishlaydi.
Yana bir kutilayotgan tayinlov bu Senator Marko Rubio. Davlat kotibi bo'lishi kutilayotgan ekan, hali aniq emas. Urushni to'xtatish emas, "oxirgacha oborishni" hohlaydi.
Bu hali hammasi emas. Aslida, hali boshlanmadi ham.

YouTube
Stephen Miller Says, 'America Is For Americans And Americans Only,' At Trump's MSG Rally
Stephen Miller speaks at the Trump-Vance 2024 campaign event at Madison Square Garden in New York City, New York.
Fuel your success with Forbes. Gain unlimited access to premium journalism, including breaking news, groundbreaking in-depth reported stories…

Hukumatga kelgan oligarx.
Bugun, sof boyligi 5.8 milliard dollar bo'lgan va yaqinda saylangan D. Trump, birining sof boyligi 320 milliard dollar bo'lgan va ikkinchisining sof boyligi 1 millard bo'lgan ikki tadbirkor millarderlar uchun yangi vazirlik/agentlik tashkil qilib ularni AQSh federal hukumatining samaradorligini oshirishga mas'ul qilibdi.
Qiziq paytda yashayapmiza? Ko'z oldimizda dunyoning eng boy odami AQSh hukumatini sotib oldi desa ham bo'ladi. Uning uchun avval u informatsion maydonni egalladi (Tvitter birinchi o'rinda turadigan yangiliklar manbaasi va faol ijtimoiy tarmoq), ovoz beruvchilar ovozini sotib oldi, o'zi istagan nomzodi g'alaba qozonishiga yordamlashdi.
Nomzod esa unga yaxshilikni qaytarish uchun hukumatdan kreslo olib beribdi. Gap faqat Elon Maskning hokimiyatga kelishida emas. Niyati holis ham deylik. Hukumat xarajatlarini qisqartirish, byurokratiyani cheklash, albatta kerakli narsa. Lekin, bu yerda katta, juda katta manfaatlar to'qnashuvining hidi kelyapti.
Elon birinchi o'rinda Tesla, SpaceX va boshqa bir nechta korxonolarning rahbari va egasi. Har bir shu korxonalar regulyatsiya qilinadigan sohalarda faoliyat olib boradi. Elon Mask va uning korxonalari muntazam ravishda regulyatorlar bilan chiqisha olmay yuradi. Masalan, 2023 yilda SpaceXni Adliya vazirligi sudga bergan (ishga olish jarayoni bo'yicha, Qimmatli qog'ozlar bozorining regulyatori Maskga ish ochib (investorlarni aldagani uchun) jarimaga tortgan, hukumatga kelsa NASAning Boeing bilan shartnomasini bekor qilishiga ishora qilgan (Boeing Mask uchun raqobatchi korxona), yaqinda yozganimdek Elon Mask Fedrezervni tugatishni hohlaydi, kamida uning ishiga aralashishni. Va hokazo.
Qanday qilib mana shu korxonalarga egalik qiladigan, uni boshqaradigan odam hukumatda davlat idoralari samaradorligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish agentligiga boshliq deb tayinlanishi mumkin? Ya'ni, qanday qilib korxonalarini nazorat qiladigan tashkilotlarni tepasiga kelib taftish qilish, ularning ishiga aralashish va ularni butunlay yopish mumkin. Bu uchinchi sinf o'quvchisiga ham aniq ko'rinadigan manfaatlar to'qnashuviku. Albatta, qandaydir keraksiz shtatlarni qisqartirar, lekin SpaceX, Tesla va do'stlarining korxonalarini nazorat qiladigan idoralarni ham tepasiga boshliq bo'lib kelish g'alati emasmi?
O'ylan qoldim: Jorj Soros, Rokfeller vhzk deb qo'rqitilar edi, hukumatni orqavoratdan boshqaradigan elita bor, ko'rinmas qo'llar, cheksiz ta'siri va moliyasi borlar boshqaradi deb aytilar edi.
O'sha majoziy Jorj Soros aslida Elon Mask ekan, va orqavoratdan emas, ochiqchasiga ekan.

Donald Trampni saylagan Michiganlik (amerikalik) arablar. Michigan shtatida, Detroitning tashqarisida Dearborn degan shahar bor. 100mingdan ko’p odam yashaydi. Aholisining 55% ko’pini yaqin sharqlik va shimoliy afrikalik arablar tashkil qiladi. Bu shaharni…
Aytgancha, davomi ham bor ekan. Dearborn shahridagi arab-amerikaliklar uyushmasi D.Trampga xat yozishibdi. Oldimizga kelib bizga va'da bergan edingiz, shuni eslatib qo'yib va'dangiz ustidan, ya'ni 6 Noyabrdan boshlab yaqin sharqda tinchlikni o'rnatishingizni kutib qolamiz deyishibdi.
Tramp bu xatni o'qimaydi ham. Xat adresini birinchidan xato qo'yishgan, ikkinchidan Trampga bularning endi qizig'i yo'q. Tramp hozir Rubio, Huckabee, Miller, Stefanik va boshqalarni tayinlash bilan band. Dearbornliklar esa aldanib qolishganini tushunishmadi hali, menimcha.
To'g'risi, menda izoh qolmadi... Ming afsus. Saylovdagi ovozlar oqibatsiz bo'lmaydi.

Trampning boshqa tayinlovlariga qaraydigan bo'lsak keyingi administratsiya siyosati vektorini ko'rish mumkin. Birinchi prezidentligi muddatida qilgan birinchi ishlaridan yana biri bu "Muslim ban" edi. Esingizdami? Aholisining aksariyatini musulmonlar tashkil…
Tramp kabinetidagi yangi nomzodlar.
Tramp Amerikada Kreml propagandasini ochiqchasiga yoyib keladigan Tulsi Gabbardni razdevkaga direktor, hozir Fox Newsda ishlaydigan Pete Hagsetni mudofa vaziri va jinsiy zo'ravonlik, giyohvand moddalarni noqonuniy iste'mol qilishda gumonlanayotgan Matt Geytzni esa bosh prokuror lavozimiga taklif qilibdi.
Aql bovar qilmaydigan nomzodlar. Qisqari, loyalty over competency ekan.
Lekin, bularning birortasi ham shok bo'ladigan yangilik emas menimcha. Tramp nima deb saylovoldi kampaniya qilgan bo'lsa hozircha barchasini qilishga ishora qilyapti. Bu nomzodlarni endi Senat yoki tasdiqlashi kerak yoki rad etishi. Senatdagi respublikachilarga bog'liq, agar ular tasdiqlaydigan bo'lsalar rasman respublikachilar partiyasini MAGA harakati egallab oldi desa bo'ladi, menimcha.

BBC News
Who is Trump intelligence pick Tulsi Gabbard?
The former Democratic congresswoman has emerged as one of Trump's most loyal backers.
Uzbekonomics
Tramp kabinetidagi yangi nomzodlar. Tramp Amerikada Kreml propagandasini ochiqchasiga yoyib keladigan Tulsi Gabbardni razdevkaga direktor, hozir Fox Newsda ishlaydigan Pete Hagsetni mudofa vaziri va jinsiy zo'ravonlik, giyohvand moddalarni noqonuniy iste'mol…
Davom etamiz.
Bugungisi.
Vaksinalarga qarshi bo'lgan, va boshqa konspirologiyalarni targ'ibot qilgan RFK Junior sog'liqni saqlash vaziri bo'lar ekan (senat tasdiqlasa).

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp Tulsi Gabbardni AQShning barcha razvedka agentliklari va mamlakatning milliy xavfsizligiga direktor deb tayinlayotgani haqida yozgandim. Senatdagi respublikachilarga bog'liq endi.
2022 yilda Ukrainaga urush ochilganda, Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni qoralab chiqqan Tulsi Gabbardni rus federal kanallari "наша подружка" deb xursand bo'lib, Tulsining boshqa Kreml propagandisti Taker Karlsonga bergan intervyusidan mana bu parchani ko'rsatishgandi.
Nima deyishga ham hayronman.
Ingliz tilida treasonous degan so'z bor.

Shimoliy Amerikadan immigrantlar haqida yangiliklarning bugungi guldastasi
Birinchidan, bugun D. Tramp yanvarda ishga chiqqanda AQShda favqulodda holat e'lon qilishni va ommaviy deportatsiyalarni amalga oshirish uchun AQSh armiyasidan foydalanishni rejalashtirayotganini tasdiqladi. Bu yangilik emas. Shu g'oya bilan saylovoldi kampaniya qilgan (2016 yildan avval ham) va shunga odamlar ovoz berdi. Qanchalik buni amalga oshira oladi, bu boshqa masala. Agar qila olsa (qisman bo'lsa ham) buning iqtisodiy oqibatlari salbiy bo'ladi. Bu haqida keyingi postda batafsil.
Ikkinchidan, Kanada bosh vaziri Trudo keyingi 3 yilda immigrantlarning mamlakatga kelishini keskin qisqartilishilishini e'lon qildi. Bu haqda avval ham yozgan edim. Kanadada oxirgi yillarda aholi soni o'sishi faqat immigrantlar sababli bo'lgan. Tug'ilish darajasi bo'yicha Yaponiyaga ham yaqinlashib qolgan bu mamlakatga aksincha yanada ko'proq aholi kerak. Oxirgi yillarda immigrantlarning ko'payib ketgani va go'yo ular keltirib chiqarayotgan uylarning narxlari oshib ketganiga aslida boshqa yechim - ko'proq uylar qurish, uy qurish bozoriga yengillik berish edi.
Bularning barchasi immigrantlarni (norasmiysini ham) faqat mamlakatda ovqat yeydi, boshimizda o'tiradi, yuk bo'lyapti, ish o'rinlarni olib qo'ymoqda deb o'ylashadi. Vaholanki, ular ish o'rinlarini yaratishi, mahalliy aholi ishlamaydigan sektorlarda faoliyat olib borishi va qo'shimcha qiymat yaratishini inobatga olmaydilar. To'g'ri, faqat davlat yordami (nafaqa) hisobida o'tiradiganlar ham bor, lekin ular o'ta kichkina sonda.

Argentina prezidenti Xavier Miley Leks Fridman podkastiga chiqibdi. O'zim hali tinglamagan bo'lsam ham tavsiya etaman. Argentina iqtisodiyoti, islohotlar, inflyatsiya, korrupsiya, erkinlik, Elon Musk, Tramp va albatta futbol haqida gap ketgan ekan.
Qizig'i shundaki, D. Tramp va Musk yaqinda Miley bilan ko'rishgan edi. Yangi o'ylab topilgan hukumat xarajatlarini qisqartirishi kerak bo'lgan DOGE departamenti Mileydan qandaydir maslahat olgan bo'lishi ham mumkin, kim bilsin.

Javier Milei: President of Argentina - Freedom, Economics, and Corruption | Lex Fridman Podcast #453
Javier Milei is the President of Argentina. This episode is available in both English and Spanish.
Thank you for listening ❤ Check out our sponsors: https://lexfridman.com/sponsors/ep453-sb
See below for timestamps, transcript, and to give feedback, submit…

Kriptochilar, kripto sanoati lobbistlari kutgan va ularga yoqib tushadigan yangilik ekan: qimmatli qog'ozlar bozori regulyatori rahbari Gari Gensler iste'foga chiqayotgan ekan.
Tramp endi kriptoga "do'stona" munosabatda bo'ladigan rahbarni tayinlaydi. Albatta, birinchi Elon Maskdan so'ragan holda, axir Genslerning ketishini eng ko'p kutgan odam Mask edi.
Yaxshilik bilan tugamaydi bu ishlar...
Aytgancha, bitkoyn bugun $100,000 ga yaqinlashib qoldi.

CNBC
SEC Chair Gary Gensler will step down Jan. 20, make way for Trump replacement
President-elect Donald Trump has not announced his pick, but the expectation is that the next chair will be friendlier to Wall Street and cryptocurrencies.
Aslida, hozirda kriptoning eng katta targ'ibotchisi (promouteri) bu Donald Tramp.
Uning orbitasida kripto sohasiga sarmoya qilgan, va shu sohadan kun ko'radigan badavlat donorlar bor. Esingizda bo'lsa, saylovoldi kampaniyasi arafasida Tramp kriptoni targ'ibot qilishni, o'zi ham qandaydir kripto tokenlarni sotishni boshlagandi. Bu yerda ikkita sabab bor edi: birinchisi kripto sanoati orqali donorlik pullarini yig'ish va ikkinchisi ovozlar. Kriptoga aralashib uni targ'ibot qilishi, UFC janglariga to'dalashib borishi orqali ham mana shu elektoratning bir qismini o'ziga jalb qilish edi deb o'ylayman.
Xullas, prezidentlik saylovida yutganidan beri bitkoyn narxi 40%ga ko'tarildi.
Menimcha, Trampning kelishi, Genslerning ketishi, moliya bozoridagi (bank sanoati ham, kripto ham) yengillashadigan regulyatsiya kutilmalari, natijasida Ponzi sxemalar, aldangan investorlar, g'ayritabiiy sxemada ishlaydigan instrumentlar ko'payadi.

Ahmoqlik yoxud AQShda kutilayotgan keng ko'lamli deportatsiyalar va tariflarning iqtisodiyotga ta'siri haqida.
1-qism.
Donald Tramp iqtisodiy-siyosiy dasturining o'zagini ikkita narsa tashkil etadi: AQShga import bo'lib keladigan barcha tovarlarga tariflarni oshirish va AQShdan immigrantlarni (nelegal) keng ko'lamli deportatsiya qilish. Qolganlari ikkilamchi. Tramp mana shu dastur bilan 10 yillardan beri tanilgan va shu dastur bilan bu yil prezidentlik saylovida yutdi. Endi, Oq uyga qaytib kelganda shu va'da qilgan ishlarni amalga oshirishni boshlasa hayron bo'lishi kerak emas demoqchiman.
Bu ikkala qarorlarning oqibati iqtisodiyotga ayanchli bo'ladi. Agar iqtisodiyotga ziyon keltirmaylik, yoki iqtisodiy o'sishni ta'minlaylik degan niyat bo'lganda bu ahmoqona qarorlarga kelinmas edi. Chunki, bu nafrat, ksenofobiya va iqtisodiy saviyasizlikka asoslangan dastur iqtisodiyotga ziyon keltiradi. Agar to'liqligicha amalga oshira olsa, albatta.
Xullas, bugun D. Tramp (kutilganidek) prezident bo'lishi bilanoq birinchi qiladigan ishini e'lon qildi: Meksika va Kanadadan AQShga kiradigan istalgan tovarga 25 foizlik, Xitoydan keladigan tovarlarga esa qoʻshimcha 10 foizlik boj qoʻyishni talab qilar ekan. Rasmda uning e'loni, o'qib ko'ring.
Aytaylik, tariflar oshdi, ba'zi immigrantlar deportatsiya bo'ldi. Bu nima degani? Hamma narsaning narxi oshadi degani. Mutlaqo. Kanadadan keladigan gaz ham, Meksikadan keladigan mashina ham, Xitoydan keladigan cho'mich ham va eng muhimi AQShning o'zida yetishtiriladigan va yaratiladigan tovarlarning narxi ham, qurilayotgan uylarning narxi ham oshadi. Ba'zilari keskin oshadi. Ayniqsa qishloq xo'jalik tovarlarining. Nimaga? Butun AQShning qurulish sektorida ishlaydiganlarning 14 foizi, va qishloq xo'jaligida ishlaydiganlarning 13 foizi nelegallar. Shular deportatsiya qilindi deylik, faraz shundaki, bu muttaxam (MAGAchilarning so'zi, mening emas) nelegal immigrantlar oq amerikaliklarning ishlarini tortib qo'ymoqdalar. Lekin, bu mutlaqo xato gap. AQShda tug'ilgan amerikaliklarning ishsizlik darajasi tarixiy minimum, 3 foiz darajada. Ya'ni, ishsiz amerikalikning o'zi deyarli yo'q, ayniqsa shartli qurilishda g'isht tashish yoki tarvuzlarni polizdan terib Walmartga yetqazib berish uchun. Tramp va'da qilgan 10-15 million nelegal immigrantlarni deportatsiya qilinishi mehnat bozorida katta bo'shliqni yaratadi, shu nelegallarni ishlatayotgan ba'zi korxonalar (shu jumladan Trampga ovoz berganlari) ham kasod bo'ladi. Ba'zi, mahsulotlarga taqchillik paydo bo'ladi. Va, narxlar oshadi. Buni AQShdagi eng katta oziq-ovqatni sotadigan korxonalar ham, ishlab chiqaruvchilar ham aytib turibdi. Tramp tariflarni oshirgan daqiqadan boshlab biz qimmatlashgan tovarlarning xarajatini iste'molchilarga yo'naltiramiz deb.
Donald Trampga "5 yil oldin tuxumimiz narxi 2024 yildan ko'ra arzonroq edi" deb ovoz berganlarning ana o'sha tuxumi D. Tramp Oq uyga qaytganida qimmatlashsa qimmatlashadi lekin arzonlashmaydi. Tabriklayman.

2-qism.
To'g'risi, Elon Mask ahmoqligining chegarasi yo'q ekan (hech qo'pol so'zlarni ishlatmasdim, bu safar ma'zur tutasizlar). Yuqorida aytilgan Donald Trampning Meksikadan keladigan barcha tovarlarga bojlar oshiriladi degan xabariga "endi AQSh sotiladigan fentanil, giyohvand moddaning narxi oshadi" debdi. Elon Mask aytmoqchiki, agar fentanil narxi oshsa, AQShda unga kamroq talab bo'ladi va uni olib kelish qimmatlashadi. Nimaga ahmoqlik? Birinchidan, AQShga Meksikadan kirib kelyapti deb aytilayotgan fentanil bu norasmiy kontrabanda bo'lib kelayotgan bo'ladi. Rasmiy ravishda va rasmiy kanallar orqali giyohvand modda kirib kelmaydiku, to'g'rimi? Import bojlari esa tabiiyki kontrabanda, qora bozorda, ko'chadan kirib kelayotgan tovarlarga qo'yilmaydi. Shunga Meksikadan kelgan tovarlarga bojlar oshirilsin degan qarorda fentanil bo'lmaydi.
Ikkinchidan, faraz qilaylik Maskning gapi to'g'ri - ya'ni narx oshadi. Lekin, bu xabari bilan Mask berayotgan messedj bu "hurmatli, obunachilar, fentanilning narxi 20 yanvardan boshlab oshadi, shuning uchun unga hozirdan sarmoya kiritinglar"
Uchinchidan, faraz qilaylik Maskning gapi to'g'ri - ya'ni narx oshadi. Mana shu gapi bilan Elon Mask mening yuqoridagi postimga dalilni o'z qo'li bilan yozib bermoqda: import bojlari mahalliy bozorda iste'molchilar to'laydigan narxni oshiradi! Ya'ni, import boji iste'molchi bo'yniga tushadi. Shuni Mask tasdiqlab beribdi.
To'rtinchidan, AQShga fentanilni Meksika orqali kelayotgan immigrantlar emas, asosan AQSh fuqarolarining o'zi olib kiradi. Bu hukumat idorasi beradigan fakt. Lekin, saylovoldi va saylovdan keyingi narrativ esa teskarisi, qo'rqutuv orqali ovoz olish uchun faqat immigrantlar Meksikadan giyohvand modda tashishyapti deyiladi. Xuddi, Ogayo shtatida Gaitilik immigrantlar mahalliy aholining kuchuklari va mushuklarini tutib olib, qovurib yeyishmoqda deb aytilgan uydurma kabi.
Menga farqi yo'q edi, masalan qandaydir bir tadbirkorning yoki ijtimoiy tarmoqdagi bir foydalanuvchining xato gapiga, lekin bu hozirda dunyoda eng faol yangilik manbasidagi eng ko'p kuzatiladigan akkount va shu manbaning egasi tomonidan, va defakto Trampning maslahatchisi/donori/yordamchisi tomonidan yozilgan bo'lgani uchun e'tiborga molik.