UZCARD_EOPC Telegram 1738
UZCARD ogohlantiradi: firibgarlarning xabarlariga ishonmang!

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda "Firibgarlar aldadimi?" mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda. Ularda UZCARD logotipi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari, tijorat banklari va to‘lov tashkilotlarining ramzlari noqonuniy ravishda ishlatilmoqda.
Biz rasman ma’lum qilamizki, UZCARD bunday e’lonlar yoki tarqatmalarga mutlaqo aloqador emas. Kompaniyamiz logotipi va ramzlaridan foydalanish fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini qonunga xilof tarzda olish yoki pul mablag‘larini o‘zlashtirish maqsadida rasmiylik va ishonchlilik haqida soxta taassurot uyg‘otishga qaratilgan.

Bunday xabar yoki reklamaga duch kelganingizda nima qilishingiz kerak?
1. Bunday xabar va reklamalarga ishonmang. Mablag‘larni qaytarish yoki boshqa moliyaviy masalalarni hal qilishda "yordam" va’da qiladigan shubhali takliflarga duch kelsangiz, ularning mualliflari bilan aloqaga kirishmang.
2. Shaxsiy ma’lumotlaringizni bermang. Bank kartangiz ma’lumotlari, pasport ma’lumotlari, SMS kodlari yoki boshqa maxfiy axborotni hech qachon notanish shaxslarga oshkor qilmang.
3. Ichki ishlar organlariga murojaat qiling. Agar firibgarlik qurboni bo‘lgan bo‘lsangiz yoki firibgarlikka bo‘lgan shubhalarni sezsangiz, zudlik bilan ariza berish uchun Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qiling.

ESDA TUTING: faqat rasmiy organlar sizning huquqlaringizni himoya qilishda yordam bera oladi!
UZCARD o‘z mijozlarining xavfsizligini ta’minlashga sodiq qoladi va rasmiy ma’lumotlar faqat bizning rasmiy kanallarimiz orqali e’lon qilinishini yana bir bor eslatadi. Sergak bo‘ling va noma’lum manbalardan kelayotgan har qanday ma’lumotni sinchiklab tekshiring.

tgoop.com/uzcard_eopc/1738
Create:
Last Update:

BY UZCARD

Share with your friend now:
tgoop.com/uzcard_eopc/1738

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

According to media reports, the privacy watchdog was considering “blacklisting” some online platforms that have repeatedly posted doxxing information, with sources saying most messages were shared on Telegram. As of Thursday, the SUCK Channel had 34,146 subscribers, with only one message dated August 28, 2020. It was an announcement stating that police had removed all posts on the channel because its content “contravenes the laws of Hong Kong.” Healing through screaming therapy Today, we will address Telegram channels and how to use them for maximum benefit. Hashtags
from us

Telegram UZCARD
FROM American