UZRASSOMTUZ Telegram 254
BALIQ YILI
 
Jaloyirning unumdor qora tuproqlari ustida tinimsiz yomg‘ir yog‘gan yilni davlat rahbari “Yoshlar yili” deb e’lon qilishiga qaramay, Jaloyir ahli – o‘zining to‘rtta yoki beshta ajdodidan u yog‘ini bilmaydigan, dev, jin, pari, ajdar kabi ertak qahramonlarinigina va bundan tashqari o‘z qo‘rquvinigina yodda saqlagan yovqur va zulmkor, shiddatli va mard qilichbozlar, sarkardalar va kashshoflarning so‘ngi avlod ahllari bu yilni keyindan faqat baliq yili sifatida eslab qoldi. Jaloyirlarni – urush farzandlarini onajonlarining o‘zi yeb bitirgandi: birinchi va ikkinchi jahon urushlari uning eski andozadagi erkaklarini yo‘q qilgan, bugun ularning allaqachon loyi chiqib qolgan paxsa uylari, go‘sala va mayda molga to‘la qo‘tonlari, yuzini xushnudlik va qo‘tir bosgan bolalari tarixning avvalgi to‘s-to‘palonlari, ur-surlari va afsonalaridan allaqachon uzilgan bir bo‘lma ekani, undanam yomoni bu qism o‘zining asosiga tamoman yot shakllangani hamda undan boshqa umid qilmagan ma’qulligini ularning o‘zi bilmasdi. Ular o‘zlarining qop-qora va o‘ta unumdor yerlari ustiga yog‘ayotgan yomg‘irdan shodlanib siniqqina kulib qo‘yib, xushnud va xushki bosgan kulcha yuzli birinchi sinf qizchalarini ariqlar, zahkashlar roshiga jo‘natar, qizchalar ko‘k aygen paketlarga ismaloq, qiychi va pidona terib joylar, mayda gullardan guldastachalar yasar va biyilari – o‘z dardisarligi, o‘z dahshati va o‘tmishi bilan yakkayu yolg‘iz qolgan, sovet va mustaqillikning eng dahshatli voqealaridan bolalarini etaklarida olib chiqqan, og‘izlarining shaloqligi va bozorlardagi ur-tepki bilan nonini ajratib olib, bugun ortiqcha yuk bo‘lib qolgan shang‘i kampirlarga ko‘rsatar va suyunchisiga quruqshab ketgan bir-ikkita qog‘oz qand olishar, so‘ng tandir yonidagi onalariga bichakni shakli borasida buyurtma qilib, latta zochaklarini quchgancha hovlining loy supasi ustida shodon o‘yin-kulgi qilishardi. Ular dunyoni Jaloyirdan tashqarida ham davom etishini bilishmasdi, ular dashtning narigi tarafida ham shahar va qishloqlar mavjud ekanini, Zarafshon – loyqa suvi pishqirib oqayotgan daryo Jaloyirdan bo‘lak yana ko‘p o‘rinlarga va dalalarga suv eltishini, konchilik va pedogogika institutlari, tilla koni, azot ishlab chiqaruvchi va ertalablari uzun minoralaridan qo‘lansa chiqarib atrofdagi ahllarni zaharlovchi zavodlarni ichiga olgan kichik shaharchadan tashqarida undan o‘n marotalab ulkan shaharlar borligini, yana mamlakatlar, yana dengizlar, ummonlar, butun yilini qor va muz bosadigan keng dalalar borligini xayollariga ham keltirishmas, ular latta va shisha zochak o‘ynab katta bo‘lishar, maktabga chiqishar, o‘z sinfdoshlari bilan sevishib keyin o‘shalarga turmushga chiqishar, sevganlari to‘yni o‘tkazib bir-ikki oy birga bo‘lgach shimolga – Rossiyaga jo‘nar, bu ularning xayoliy Jaloyirini Navoiy va Zarafshonga, Toshkentga, Rossiyaga qadar cho‘zar, seviklilari har kelib-ketganidan so‘ng bittaga ko‘payadigan bu orzumand xotinlar oxir-oqibat shang‘i kampir bo‘lib qarir, ammo hozir – zochak ko‘targan qizchalik holatida ular dashtning mayda gullari kabi toza, iforli, rangin, ularning dunyosi esa tor-tanqis hamda baxtiyorligicha qolaverardi. Ularni faqat yomg‘ir ko‘proq yoqqan mahallarda akalari bilan mollarni bog‘lab kelgani dalaga chiqolmaslik dahshatga solar, ular bundan xafa bo‘lib zax va nim qorong‘i paxsa uylarning burchaklarida o‘zlariga xontaxtalardan uychalar qurib o‘ynashda va qo‘shiq kuylashda davom etishardi. Ularning maktabni tugatish arafasidagi akalarining esa o‘y-xayoli butunlay boshqa edi. Ularning dunyosi anchagina keng, ular mollarning ketidan o‘tgan baxtiqaroliklarni bir chetga surib ketish – bu dardisar Jaloyirdan uzoqroqqa, imkoni boricha uzoqroqqa jo‘nash haqida orzu qilardilar.

tgoop.com/uzrassomtuz/254
Create:
Last Update:

BY Rassom Tuz

Share with your friend now:
tgoop.com/uzrassomtuz/254

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

ZDNET RECOMMENDS The court said the defendant had also incited people to commit public nuisance, with messages calling on them to take part in rallies and demonstrations including at Hong Kong International Airport, to block roads and to paralyse the public transportation system. Various forms of protest promoted on the messaging platform included general strikes, lunchtime protests and silent sit-ins. Avoid compound hashtags that consist of several words. If you have a hashtag like #marketingnewsinusa, split it into smaller hashtags: “#marketing, #news, #usa. Telegram users themselves will be able to flag and report potentially false content. Image: Telegram.
from us

Telegram Rassom Tuz
FROM American