tgoop.com/uztdi/9479
Last Update:
⚡️Bugun kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun ro’yxatdan o’tishning oxirgi kuni
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab murojaat yuborishmoqda.
✔️ Murojaatlar 2025-yil 1-aprelga qadar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
👉 Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash sinovlariga:
➖ umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;
➖ avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;
➖ pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.
Kasbiy sertifikatlashga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 https://www.tgoop.com/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://www.tgoop.com/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://www.tgoop.com/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.