tgoop.com/uztdi/9484
Last Update:
⚡️Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari keyingi oʻquv yilidan boshlab yangi tartib asosida toifa olishadi
Prezident qaroriga asosan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqilishi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Sport vazirligi tomonidan tashkil etilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik.
📄Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligining qarori qabul qilindi.
💪 Unga ko'ra jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun amaliy imtihon sinovlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari hamda sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi va baholash mezonlari tasdiqlandi.
➖birinchi bosqich – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari (40 ta test savoli 1 baldan jami 40 ball);
➖ikkinchi bosqich – amaliy imtihon (jami 60 ball, shundan jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari boʻyicha-20 ball, sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi -40 ball).
❗️Taʼkidlash joizki, mazkur baholash mezonlari 2025-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasidan boshlab joriy etiladi (yanvar-iyun oylari attestatsiyasida esa, oʻtgan yillardagidek 50 ta test savoli beriladi).
Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun attestatsiya bo‘yicha na'munaviy testlarni quyidagi telegram bot orqali bajarishlari mumkin:
👉 https://www.tgoop.com/uztditestbot