#MOT #mehnatni_muhofaza_qilish🅱️🅱️Kuni kecha
Toshkentda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), O‘zbekiston Respublikasi kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Germaniya hamkorlik tashkiloti va O‘zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi tomonidan tashkil etilgan
O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Milliy sharhini tasdiqlashga bag‘ishlangan uch tomonlama seminar bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi ishbilarmonlar kengashining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha II yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining maslahatchisi D.Muhamedova, “Jizzakh Toshtepa Textile”, “Indorama Agro” va boshqa yirik to`qimachilik korxona vakillari ham ishtirok etdi.
Tadbirda yetakchi ekspertlar, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va ishbilarmon doiralar vakillari mehnatni muhofaza qilishning dolzarb masalalari, Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar va bu boradagi hisobotlarni taqdim etish masalalari muhokama qilindi.
📝📝📝📝🅱️🅱️Вчера в Ташкенте состоялся трехсторонний семинар, посвященный валидации
Национального обзора по охране труда Республики Узбекистан, организованный Международной организацией труда (МОТ) , Министерством занятости и сокращения бедности Республики Узбекистан, Германской Организацией Сотрудничества и Конфедерацией Работодателей Узбекистана. Кроме того в рамках данного мероприятия прошло
II Заседание Делового совета Конфедерации работодателей Узбекистана по социально-экономическим вопросам.
В мероприятии также приняли участие
советник председателя Ассоциации «Узтекстильпром» Д. Мухамедова, представители «Jizzakh Toshtepa Textile», «Indorama Agro» и других крупных текстильных предприятий.
Мероприятие собрало ведущих специалистов, представителей государственных органов, международных организаций и бизнес-сообщества для обсуждения актуальных вопросов охраны труда, изменений в Трудовом кодексе и проблем отчетности в данной сфере.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹#Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook