tgoop.com/xadichauz/17629
Last Update:
Endi ketmoqdasan qalbim sindirib
Muborak kechang, ming oylarga teng,
Ketma Ramazonim, mahzun qoldirib.
Kunduzlar soim-u, tunlari qoim
Hatmi Qur'onningchi qalblarga malham
Tarovehda yuzlar shodlanar doim
Ketma Ramazonim, mahrum qoldirib
Agar to'ldirmasak savob haltamiz
Xaqning rizosin qanday topamiz
Axir ulgurmadik ajrlarga biz
Ketma Ramazonim, muznib qoldirib
Sen boringda mal'unlar chiqolmas hargiz
Ammo nafslarimiz shaylanar jangga
Ularga qarshiydi sening siyoming
Ketma Ramazonim, mag'lub qoldirib.
Sen ketarsan yana ko'rishish majhul
Kutarmikin Rayyoning bizni intizor
Unga yetishish ham senla edida
Ketmay mangu qolgin, Mohi Ramazon
Tayyorladi: 1-kurs talabasi Zilola Akbarova
#ramazon #duo #hikmat
Telegram
Facebook