tgoop.com/xorazmenergo/16800
Last Update:
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filialida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.
Yig‘ilishga O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushma Respublika Kengashi rais o‘rinbosari S. Egamberdiyev raislik qildi.
Konferensiyada “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filialining shahar-tuman bo'limlaridan kelgan delegatlari, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushma Respublika Kengashi ijtimoiy himoya bo‘limi mudiri R. Djo‘rayev, O’zbeksiton Kasaba uyushmalari federatsiyasining Xorazm viloyat kengashi ijtimoiy himoya bo‘limi mudiri X.Atajanov, ““Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Energosavdo filiali Xorazm bo’linmasi direktori A.Jumanyazovlar ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi birinchi masala – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filialida 2024-yilda jamoa shartnomasi va uning ilovalarini bajarilishi hamda filial boshlang’ich kasaba uyushmasi qo'mitasining 2020-2024-yillar uchun hisoboti va qo'mita tomonidan ishchi xodimlarga ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi vazifalari to‘g‘risida filial Boshlang’ich kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi N.Ro’zmetov hamda taftish komissiyasi raisi T.Matmuratovlarning xisobotlari tinglandi va delegatlar tomonidan qoniqarli deb baholandi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining nizomiga asosan delegatlar tomonidan yashirin ovoz berish orqali nomzodlar orasidan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylash jarayoni bo'lib o'tdi. Sanoq komissiyasining hisoblash natijalariga ko'ra, saylovda Q.Rajapov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali Boshlang’ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi.
Yig‘ilishda, Boshlang’ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi va taftish komissiyasi tarkiblari hamda yuqori tashkilot hisobot-saylov konferensiyalariga delegat saylandi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
BY "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali
Share with your friend now:
tgoop.com/xorazmenergo/16800