tgoop.com/xushnudbek/23459
Last Update:
Telegram monetizatsiya dasturini ishga tushirmoqda. Bu O'zbekistonda ham ishlaydi
Endilikda 1000 va undan ortiq obunachiga ega Telegram kanali egalari o‘z kanalida ko‘rsatilgan reklamadan tushgan daromadning 50 foizini olishlari mumkin.
Monetizatsiya dasturidan olingan daromadni komissiyasiz olish, Telegramdagi reklamalarga sarflash yoki Premium obunalarga to'lash uchun ishlatish mumkin. To‘lovlar TON kriptovalyutasida amalga oshiriladi.
Hozirda monetizatsiya dasturi Rossiya, Ukraina, Falastin va Isroil davlati foydalanuvchilari uchun ishlamaydi. Avvalroq chiqqan xabarlarda monetizatsiya tizimi O'zbekistonda ham ishlamasligi haqida aytilgan edi, ammo bunday bo'lmadi. Tizim o'zbekistonlik kanal adminlari uchun ham yoqildi.
👉 @xushnudbek 👈
BY Xushnudbek.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/xushnudbek/23459