tgoop.com/xushnudbek/24705
Last Update:
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 65-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi
🥈Elbek Zohidjonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
🥈To’lqin Jaylovov – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi;
🥉 Ozobek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
🥉Rasulbek G‘affarov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
🥉 Madina Suyunova — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi.
ℹ️ Ma'lumot uchun: o’zbekistonlik o’quvchilar IMOda 1997-yildan boshlab ishtirok etadi va hozircha biror marta 🥇oltin medal olmaganmiz.
❓G'oliblarga qanday mukofot va imtiyozlar beriladi?
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, tan olingan Xalqaro fan olimpiadalari g’oliblariga davlat byudjetidan quyidagicha bir martalik pul mukofoti beriladi:
🥇1-o’rin (oltin medal) uchun:
o'quvchiga — 500 baravar (170 mln so‘m);
ustoziga — 450 baravar (153 mln so‘m).
🥈2-o’rin (kumush medal) uchun:
o'quvchiga — 300 baravar (102 mln so‘m);
ustoziga — 250 baravar (85 mln so‘m).
🥉3-o‘rin (bronza medal) uchun:
o'quvchiga — 200 baravar (68 mln so‘m);
ustoziga — 150 baravar (51 mln so‘m).
Shuningdek, ushbu o'quvchilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz grant asosida talabalikka qabul qilinadi. Ular keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
BY Xushnudbek.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/xushnudbek/24705