Telegram Web
Yangi bilim maskani: Yakkasaroyda 144-maktabning yangi binosi ochilish arafasida

💠 Yakkasaroy tumanida zamonaviy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yana bir muhim qadam tashlandi. Yaqin kunlarda 144-sonli maktabning yangi qurilgan 660 o‘rinli binosi o‘z eshiklarini ochadi.

💠 Bugun tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Ko‘chkarov va O.Rixsiboyev, shuningdek, kommunal xizmat rahbarlari hamda boshqa mas’ullar mazkur binoda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini o‘rganishdi.

💠 Mazkur jarayonda ta’lim muassasasining zamonaviy standartlarga muvofiq jihozlanishi, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar va infrastruktura bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

👍 Mazkur yangi maktab binosi nafaqat ta’lim sifatini yanada oshirishga, balki yosh avlodga ilm olish uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Bu bunyodkorlik tashabbusi tumandagi ta’lim sohasini yanada yuksaltirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

👏 Ta’lim rivojidagi bunday muhim yutuq nafaqat o‘quvchilar va o‘qituvchilar, balki butun jamoatchilik uchun quvonarli yangilikdir.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakkasaroyda zamonaviy 48-maktabning yangi binosi ochilishga tayyorlanmoqda

💠 Yakkasaroy tumanidagi 48-sonli maktabning yangi, zamonaviy qo‘shimcha binosi yaqin kunlarda o‘z eshiklarini ochadi.

💠 Bu ta’lim muassasasi 1976-yilda qurilgan bo‘lib, dastlab 820 nafar o‘quvchi uchun mo‘ljallangan edi. Hozirgi kunda esa ushbu maktabda 1169 nafar o‘quvchi bilim oladi.

👍 O‘quvchilarning zamonaviy va sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 2024-2026-yillarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturi doirasida, yangi 660 o‘rinli bino qurilishi uchun davlat budjetidan 9 milliard 10 million so‘m mablag‘ ajratildi.

💠 Bu tashabbus nafaqat maktabning sig‘imdorligini oshiradi, balki yosh avlodga barcha zamonaviy talablarga javob beradigan sharoitlarda ta’lim olish imkonini yaratadi.

⏭️ Bugun tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Ko‘chkarov va O.Rixsiboyev, kommunal xizmat rahbarlari hamda mas’ullar qurilish ishlarining yakuniy bosqichini o‘rganish maqsadida maktab binosida bo‘lishdi. Mazkur loyiha doirasida o‘quv jarayoni uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishiga, binolarning zamonaviy standartlarga mosligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

💠 Bu kabi bunyodkorlik loyihalari jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kelajak avlodga bilim olishda yangicha imkoniyatlar eshigini ochadi.

💠 Yangi bino faqatgina maktab o‘quvchilari uchun emas, balki butun hudud ahli uchun katta quvonch va g‘urur manbaiga aylanishi kutilmoqda.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/06 01:42:52
Back to Top
HTML Embed Code: