Telegram Web
"Yosh kitobxon" tanlovining Samarqand va Farg‘ona viloyati bosqichi oʻz yakuniga yetdi

📚 Samarqand va Farg‘ona viloyati o'tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining tuman(shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tanlovning hududiy bosqichida o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar.

🏆 “Yosh kitobxon” tanlovining Samarqand viloyati bosqichi g’oliblari:

• 10-14 yosh - Muhammadiyeva Nargiza
• 15-19 yosh - Tursunmurodova Marjona
• 20-30 yosh - Safayeva Iroda

🏆 “Yosh kitobxon” tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi g’oliblari:

• 10-14 yosh - Mirzausmonov Nurbek
• 15-19 yosh - Ismoilov Kamronbek
• 20-30 yosh - Niyozmatov Abdullajon

#yoshkitobxon #Samarqand #Fargona

Telegram sahifamiz👉@yoshlar_agentligi_rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludiga 581 yil to'ldi!

🇺🇿 O'zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy - 1441-yil Hirot shahrida tug'ilgan.

Navoiy o'z ijodi, asarlari orqali o'zbek(chig'atoy) adabiyotini yangi bosqichga ko'tarib, xalqning madaniy va ilmiy taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan.

✍️ Yillar o'tsada shoir qoldirgan ulkan merosi doimo yuksak e'tirof etilib, avlodlari qalbida mangu yashaydi!

#AlisherNavoiy581

Telegram sahifamiz👉@yoshlar_agentligi_rasmiy
Aziz talaba, Aziz tashabbuskor budjetchi!

Tashabbuskor budjet elchisi bo‘ling, Siz va yaqinlaringiz yashab turgan hududga o‘zgartirish kiritilishida munosib hissa qo‘shing!

Barchasi juda oson:
1.
“Ochiq budjet” portalida ro‘yxatdan o‘ting va o‘z tashabbusingizni qoldiring (kasbni ifodalovchi ustunda talaba ekanligingizni ko‘rsatishni unutmang)
2. O‘z tashabbusingizni turli ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtiring va fuqarolar, yaqinlaringiz, do‘stlaringiz orqali birgalikda eng ko‘p ovoz to‘plang.

Talabalar tomonidan ilgari surilgan loyihalar orasidan eng ko‘p ovoz to‘plagan Top 50 ta loyiha saralanib olinadi va aynan shu loyiha mualliflari ilk “Tashabbuskor budjet elchilari” bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Shoshiling, ro‘yxatdan o‘ting, hududingizda mavjud muammoni hal eting va ajoyib sovrinlarga ega bo‘ling!

Batafsil

Telegram sahifamiz👉@yoshlar_agentligi_rasmiy
"Yosh kitobxon" tanlovining Namangan va Qashqadaryo viloyati bosqichi oʻz yakuniga yetdi

📚 Namangan va Qashqadaryo viloyati o'tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining tuman(shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tanlovning hududiy bosqichida o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar.

🏆 “Yosh kitobxon” tanlovining Namangan viloyati bosqichi g’oliblari:

• 10-14 yosh - Ezoza Mansurjonova
• 15-19 yosh - Akbarali Mehmonov
• 20-30 yosh - Nazokat Jabborova

🏆 “Yosh kitobxon” tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi g’oliblari:

• 10-14 yosh - Mironshoh Nurmatov
• 15-19 yosh - Ismigul Samadova
• 20-30 yosh - Nozima Umarova

#yoshkitobxon #namangan #qashqadaryo

Telegram sahifamiz👉@yoshlar_agentligi_rasmiy
​​Ta'lim krediti — yoshlar uchun imkoniyat! (3-qism)

Oliy ta'lim muassasalari talabalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 18-avgustda «Oliy ta'lim tashkilotlarida to'lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorda O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat, xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari, xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining filiallari va qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha kunduzgi ta'lim shaklida bakalavriat hamda magistraturada tahsil olayotgan talabalarga Markaziy bankning asosiy stavkasi (14 foiz) miqdorida ta'lim krediti ajratilishi belgilandi.

Ta'lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to'lash oliy ta'lim tashkilotiga mablag'lar o'tkazilgan sanadan boshlab, asosiy qarzni qaytarish esa talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Batafsil ma'lumotlarni https://yoshlarportali.uz/oz platformasidan ushbu havola orqali topishingiz mumkin. Moliya vazirligi ta’lim krediti olish uchun banklar roʻyxati va murojaat uchun telefon raqamlarni ham e’lon qilgan.

Hisoblaymiz. Aytaylik, 2-kursda o'qiyotgan, yillik kontrakt to'lovi 10 mln. so'm bo'lgan talaba ta'lim krediti olsa, kredit foizini (hozirda 14%) o'qish davomida oyma-oy to'lab boradi. 10 mln. so'mning 14 foizini (1,4 mln. so'mni) bir yilda to'lansa, bir oyga 117 ming so'mdan to'g'ri kelmoqda. Qolgan asosiy qarzni (10 mln so'mni) talaba o'qishni bitirgandan keyin, oradan 7 oy o'tib (bu vaqt davomida bemalol ishga kirishga ham ulguradi) 7 yil davomida to'lashi mumkin. Shunda bir oyga 119 ming so'mdan to'g'ri kelmoqda.

Ota-onasi rasmiy ishda ishlamaydigan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirmagan oilalar talabalari kafil topishda qiynalishadi, sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalar esa ushbu ta’lim kreditini ololmaydi. Shunday bo'lsa-da, 2021-yil yakuniga ko'ra, 19 879 nafar talaba mazkur ta'lim kreditidan foydalanishgan.

Talaba-yoshlar, 2021-yilda ta'lim krediti oldingizmi? Qanday to'siqlarga duch keldingiz? Sizning taklif va fikrlaringiz asosida mutasaddilar bilan jarayonni soddalashtirish va muammolarni yechish ustida ishlaymiz, albatta. Izohlarda yozib qoldiring.

#repost

Telegram sahifamiz👉@yoshlar_agentligi_rasmiy
​​Prezident granti — yoshlar uchun imkoniyat! (4-qism)

Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq 2021-yildan oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan. Batafsil ma’lumot.

2021-yil Davlat qabul komissiyasining qarori bilan 25 ta ta’lim sohasining har biriga teng 8 tadan kvota ajratilgan. 2021-yilda Prezident granti olgan talabalar soni jami 257 nafarni tashkil etgan. Qoida bo‘yicha sakkizinchi o‘rinda turgan abituriyent bilan bir xil ball to‘plagan barcha abituriyentlarga Prezident granti beriladi. Masalan, huquq sohasida 26 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan. Ularning ichidan faqat 8 tasini tanlab olishning iloji yo‘q. Shu sababli 26 nafarning barchasiga Prezident granti berilgan.

Tibbiyot yo‘nalishida o‘qiydigan talabalar juda yaxshi eslasa kerak, bundan bir necha yil oldin kirish imtihonlarida maksimal ball (189 ball) to‘plab ham yoshlar to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan. Bu holat ko‘proq tibbiyot yo‘nalishida kuzatilgan. Sababi o‘shanda hududlar miqyosida ham kvota ajratilardi.

Masalan, buxorolik abituriyent uchun Buxoro davlat tibbiyot insitutiga kvota ajratilgan va bu abituriyent Andijon davlat tibbiyot institutiga topshirsa, uning hududiga kvota ajratilmagan bo‘lsa, u maksimal ball to‘plasa ham, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan.

2021-yilda esa shu narsaga uzil-kesil chek qo‘yildi va endi bilimli, salohiyatli, maksimal ball to‘play oladigan yoshlar uchun katta imkoniyat taqdim etildi. Maksimal ball to‘pla va Preziednt grantiga da’vogarlik qil! Bu tizim — abituriyentlikdan tortib to magistraturagacha bo'lgan ajoyib tizim!

O‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

Xo‘sh, obunachilarimiz orasida 2021-yilda maksimal ball to‘plab, Prezident grantiga da’vogarlik qilayotgan yoshlar bormi? Maksimal ball to‘plash uchun hozirgi abituriyentlar nima qilishi kerak? Tajriba va tavsiyalaringizni izohlarda qoldiring.

#repost

Telegram sahifamiz👉@yoshlar_agentligi_rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va “Yoshlar” telekanali taqdim etadi!

Ular hammasini nimadan boshlashdi va kelajak rejalari qanday, tengdoshlariga aytadigan qanday fikrlari bor...

Yosh davlat xizmatchilarining rivojlanish hikoyalarini “Yoshlar” telekanalida hamda Yoshlar ishlari agentligining telegram sahifasida tomosha qilib boring!

#yangiloyiha #kelajakliderlari

Telegram sahifamiz👉@yoshlar_agentligi_rasmiy
Salom!👋

Yoshingiz 16-24 atrofidami?
Mo'ynoq, Qo'ng'irot yoki Bo'zatov tumanlarida yashaysizmi?
Tadbirkorlik ko'nikmalarini o'rganmoqchimisiz?
Siz va doʻstlaringiz har kuni duch keladigan muammolarga innovatsion yechim topishni istaysizmi?
Shuningdek, g'oyalaringizni amalga oshirish uchun grant va ekspert yordamini olasizmi?

⚡️Darhol doʻstlaringiz bilan bogʻlanib ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻting va ImkonLab loyihasi va "Generation Unlimited International Youth Challenge" tanlovida ishtirok eting!

Ushbu dastur Siz va do'stlaringizga:

✔️ Yangi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish;
✔️Shahringizdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;
✔️Innovatsion g'oyalaringizni ishlab chiqish va amalga oshirishni o'rganish;
✔️O'z g'oyangizni sinab ko'rish va amalga oshirish uchun 1000 dollargacha pul yutib olish!
✔️Loyihangizning akseleratsiyasi uchun 20 000 dollargacha pul yutib olish uchun xalqaro tanlovda ishtirok etish imkonini beradi!

Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Telegram 👉 @Yoshlar_agentligi_rasmiy
​​🏠 "Ayollar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz 33 mln so‘mgacha kredit beriladi.

#huquqiyyangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlar_agentligi_rasmiy
#9mayXotiravaqadrlashkuni

Respublikamiz boʻylab 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan e’tiborga molik joylarga, binolarga, odamlar gavjum joylarga oʻziga xos tarzda vatanimiz bayrogʻi ilib chiqilmoqda! 🇺🇿

#repost® alisher_sadullaev

Telegram sahifamiz 👉@yoshlar_agentligi_rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inson qadri ulug', xotirasi muqaddas!

9-may nafaqat fashizm ustidan g'alaba qozonilgan kun, balki millatimiz ikkinchi jahon urushida ko'rgan aziyatlardan ibrat olib, tinchlikning qadriga yetishimiz lozimligini anglatuvchi ulug' bir ayyom!

Tinchlik va totuvligimiz abadiy bo'lsin!

#9may #Xotiravaqadrlashkuni

Telegram sahifamiz👉@yoshlar_agentligi_rasmiy
2024/11/26 05:39:44
Back to Top
HTML Embed Code: