tgoop.com/yoshlarparlamenti_official/4992
Last Update:
“Senator va yoshlar” uchrashuvi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Yoshlar parlamenti aʼzolari va harbiy xizmatchilar ishtirokida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot uchrashuvi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Qo‘mita raisi o‘rinbosari T.Madumarov va parlament aʼzolari harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi bilan tanishishdi. Tadbirda safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan faol xarbiy xizmatchilarga sovg‘alar berildi va bayram tabrigi yo‘llandi.
Mustaqillikning milliy qadriyatlari va anʼanalarning ahamiyati hamda yoshlarning mamlakat kelajagidagi roli haqida Yoshlar parlamenti a'zolari tomonidan maruzalar qilindi.
BY Yoshlar Parlamenti / Молодежный Парламент / Youth Parliament

Share with your friend now:
tgoop.com/yoshlarparlamenti_official/4992