tgoop.com/yoshlikjurnali/4539
Last Update:
#tavallud
4-noyabr — yosh isteʼdodli shoira Nozima Habibullayeva tavallud topgan kun!
YUK
Bu tugun —
Shahlo ko‘zlari ko‘kargan,
Bir qo‘lida bola ko‘targan
Loy ko‘chadan takror o‘tarkan,
Joni palaxmonidan uchqur
Ayolniki.
Bu to‘rva —
Burchida bir burda qotgan non,
Qotganidan uch kun o‘tgan non,
Qor kuraydi, yuragi vayron,
Vatanida mo‘ltirab to‘rt jon.
Qozonida qaynatgan sho‘rva,
Halolniki.
Bu chamadon —
Qotgan nondek tarasha, taqir,
Qullariga qul bo‘lgan, asir,
Cho‘ntagi hasharga muntazir,
Umri bo‘yinbog‘idan arzon,
Zavolniki.
Bu savat
Yeb-ichardan bo‘lak dardi yo‘q,
To‘ylarining pirovardi yo‘q,
Davrasida biror sarti yo‘q,
Hashamatdan ortiq xarji yo‘q,
Isroflari qavatma-qavat
Hammolniki.
Bu she'r—
Tutqichi yo‘q og‘riqlar haqda,
Og‘rig‘iga bog‘liqlar haqda,
"Qodir esang uyg‘ot"-u,shartta,
Qay birini ko‘tarayin der,
Xayolniki...
Nozima Habibullayeva
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
BY “Yoshlik” jurnali
Share with your friend now:
tgoop.com/yoshlikjurnali/4539