DIETALAR Telegram 86115
1. Ikki va undan ko'p homilali homiladorlik qachon ro'y beradi?

Ikki va undan ko'p homila ayolning urug'langan tuxumining bo'linishi natijasida (odatda urug'langandan so'ng ikkinchi kuni) sodir bo'lishi mumkin yoki urug'lanish jarayonida ayolning bir necha tuxumi bir vaqtning o'zida urug'lanishi natijasida vujudga keladi.

Tuxumning bo'linishi tufayli vujudga kelgan homiladorlikdan tug'ilgan bolalar bir-biriga juda o'xshash boladilar. Bir necha tuxumning urug'lanishi natijasida tug'ilgan bolalar bir-birlariga oddiy aka-singil (opa-uka)dek o'xshash bo'ladilar.

2. Homiladorlikning qaysi muddatida bir necha homila borligi aniqlanishi mumkin?

Odatda shifokorlar bir nechta homila borligini bachadonni tez o'sib borishidan gumon qiladilar. Ultra tovushli diagnostika (UTD) yordamida esa, homiladorlikning 6-7 - haftasida homila sonini aniq bilsa bo'ladi.

3. Nega ko'p homilali homiladorlikda bolalar ko'pincha muddatidan oldin tug'iladilar?

Bachadon ayolning umumiy jismoniy holatiga bog'liq ravishda kattalashishi mumkin. Undan ortiq katta bo'la olmasligi tufayli ko'p homilali homiladorlikda bolalar odatda 37 hafta atrofida tug'iladilar. Ko'p homilali homiladorlikning faqatgina 10% 40 haftagacha cho'ziladi. Shuning uchun ayolning asosiy maqsadi homiladorlikni iloji boricha uzoqroq cho'zish, kerak bo'lsa u shifoxonada maxsus ko'rikda bo'lishi talab etiladi.

4. Ko'p homilali homiladorlikda bolalar jarrohlik yo'li bilan tug'ilishi shartmi?

Hozirgi kunda bunday homiladorlikdan tug'ilgan bolalarning yarmi tabiiy ravishda tug'dirilsa, yarmi kesarevo kesilish yo'li bilan tug'diriladi. Bunda ayolning salomatligi va homilalarning bachadondagi holati alohida ahamiyat kasb etadi.

5. Ko'p homilalikda birinchi dunyoga kelgan bola keyingi tug'ilganlaridan ko'ra rivojlanishi tezroq bo'ladimi?

Yo'q, qaysi homila birinchi tug'ilishi bolaning keyinchalik rivojlanishiga aloqasi bo'lmaydi.

6. Ko'p homilali homiladorlikning o'ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?

- Oddiy homilador ayoldan shifokor ko'rigida ko'ra ko'proq bo'lishi kerak.

- Ko'p dam olishi, kuniga kamida 2-3 soat davomida oyoqlarni baladroqqa ko'tarib yotishi lozim.

- Ortiqcha jismoniy og'irlikdan xoli bo'lishi kerak.

- Oddiy homilador ayoldan ko'ra ikki barobar ko'proq vitaminga boy oziq-ovqatlar bilan ovqatlanish kerak: kasha, go'sht, baliqlarning turlari, qovun, shpinat, dukkakli mahsulotlar, mevalar, quritilgan mevalar, vitamin Cga boy mahsulotlar, sabzavotlar. Faqat ovqatlanishni oz-ozdan tez-tez amalga oshirish foydali bo'ladi.

7. Ko'p homilali homiladorlikni rejalashtirsa bo'ladimi?

Afsuski, yo'q. Faqatgina sun'iy urug'lantirishda buning iloji bor.

8. Ko'p homilali homiladorlikdan tug'ilgan bolalarning salomatligi qanday bo'ladi?

Ko' homilalikda bir homila nobud bo'lishi, homila juda kam vazn bilan tug'ilishi va bir yoki bir nechta homilaning rivojlanishiga patologik o'zgarishlar vujudga kelish ehtimoli bor. Shuning uchun homilador ayol mutaxassislarga vaqtida uchrab, talab etilayotgan muolajalarni to'g'ri amalga oshirishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

9. Ko'p homila bo'lganda nimaga ahamiyat berish lozim?

Homilador ayol anemiyaga ko'p uchraydi, ko'p homilali homilador ayolda esa anemiya vujudga kelish ehtimoli 2 barobar ko'payadi. Shuning uchun temir moddasiga boy mahsulotlarni, kerak bo'lsa shifokor maslahati bilan temir moddasiga boy vitaminlarni iste'mol qilish kerak bo'ladi.

10. Tug'ilgan bolalarning vazni bir xil bo'ladimi?

Yo'q, ularning vaznidagi farq bir necha grammdan 1000 grammgacha farq qilishi mumkin.

tgoop.com/DIETALAR/86115
Create:
Last Update:

BY Dietalar & Fitnes

Share with your friend now:
tgoop.com/DIETALAR/86115

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

It’s easy to create a Telegram channel via desktop app or mobile app (for Android and iOS): How to Create a Private or Public Channel on Telegram? fire bomb molotov November 18 Dylan Hollingsworth yau ma tei Judge Hui described Ng as inciting others to “commit a massacre” with three posts teaching people to make “toxic chlorine gas bombs,” target police stations, police quarters and the city’s metro stations. This offence was “rather serious,” the court said. Write your hashtags in the language of your target audience.
from us

Telegram Dietalar & Fitnes
FROM American