DIETALAR Telegram 86227
*Homiladorlik davrida jinsiy infeksiyalar va ularni davolash*

Afsuski, bir maqolada barcha jinsiy infeksiyalar haqida ma'lumot berib bo'lmaydi. Shuninguchun ularning asosiylari va ko'p uchraydiganlari haqida gaplashamiz.

Jinsiy infeksiyalarning asosiylari:

Xlamidioz

Xlamidioz infeksion kasallik bo'lib, jinsiy aloqa orqali yuqadi.

Xlamidioz alomatlari

Erkaklarda kasallik uretradan (siydik chiqish nayi) rangsiz oz miqdordagi suyuqlik ajralishi, siyish davomida va jinsiy aloqa jarayonida og'riqda namoyon bo'lishi mumkin.
Ayollarda kasallik qindan oq, sariq yoki rangsiz ajralishlar chiqishi, jinsiy aloqa jarayonida va siyish davomida og'riq, qorin tagi va beldagi og'riqlarda namoyon bo'lishi mumkin.
Muhimi shundaki, yuqoridagi alomatlar boshqa kasalliklar alomati ham bo'ladi yoki ko'pincha xlamidioz umuman hech qanday alomatsiz kechadi. Natijada, ayolda kasallik bepushtlikni, erkaklarda esa tuxumdon kasalligi - epididimitni asorat sifatida vujudga keltirishi mumkin.

*Homilador ayolda yoki uni erida xlamidiya aniqlansa, ular ikkalovi davolanishi shart. Odatda xlamidiya infeksiyasi har xil sheriklar bilan betartib jinsiy aloqalada bo'lish natijasida yuzaga keladi.*

Davolanishi
Bemorlarga 21 kunlik sikl bilan antibiotik ichish tayinlanadi. Agar kasallik homiladorlik payti aniqlansa, u holda davolanish davri 14 kun bo'lib, homiladorlikning 20-haftasidan so'ng tayinlanadi.
Xlamidiya infeksiyasi homila tushish xavfini oshiradi. Homilaga infeksiya yuqsa, chaqaloqda xlamidiya pnevmoniyasi yoki ko'z kasalliklari rivojlanishi mumkin.

Mikoplazmoz, ureaplazmoz

Mikoplazma va ureoplazma odam organizmida mavjud bo'lgan mayda bakteriyalardir. Ular barcha organizmda oz miqdorda bo'lib ziyon keltirmaydi. Lekin ularning miqdori ko'paysa, jinsiy kasalliklar rivojlanishi mumkin. Bunga esa immunitet pasayishi sabab bo'ladi. Mikoplazmoz va ureaplazmoz jinsiy aloqa orqali va onadan homilaga o'tadi.
Alomatlari
Ayollarda bachadon va bachadon bo'yni kasalliklari, sistit, pielonefrit, buyrakda toshlar bo'lsa, mikoplazmoz va ureaplazmozga shubha paydo bo'lishi mumkin. Erkaklarda uretrit, pielonefrit va buyrakdagi toshlar bu kasallikka shubha uyg'otadi.
Davolash
Ayolda bu infeksiyalar jinsiy a'zolari kasalliklarida namoyon bo'lsa, uni davolash kerak. Lekin infeksiya aniqlanib, ayol o'zini yaxshi his qilib, jinsiy kasalliklar bo'lmasa, davolanish shart emas. Homiladorlikni rejalashtirilayotgan ayolda infeksiya aniqlansa, u holda alomat bor-yo'qligiga qaramay 10kunlik sikl bilan antibiotik tayinlanadi.
Agar infeksiya homiladorlik payti aniqlansa, u holda 10 kunlik antibiotikli davolanish homiladorlikning 20-haftasidan so'ng belgilanadi. Qo'shimcha ravishdahomiladorlikning 10-12 haftasidan immunitet oshiruvchi dori-vositalari tayinlanishi mumkin.

Jinsiy (genital) Gerpes

Jinsiy infeksiyalar orasida homilaga eng zararli jisniy infeksiya gerpes virusi hisoblanadi. Genital gerpes jinsiy aloqa orqali va onadan homilaga yuqadi. Ba'zida odam organizmida gerpes virusi alomatsiz kechib, immunitet pasayganda namoyon bo'lishi mumkin.

Alomatlari Jinsiy a'zolarda og'riq, qizish va shishlarning paydo bo'lishi. Bosh og'riq, tana haroratining ko'tarilishi. Kasallik avjida olganda jinsiy a'zolarda yaralar vujudga keladi.
Davolash Gerpesda virusga qarshi vositalar tayinlanadi. Lekin bu preparatlarni homiladorlik davrida qabul qilish mumkin bo'lmagani uchun homilador ayolga immunitetni oshiruvchi vositalargina tayinlanadi.
Gerpes homila tushishiga va homilani jiddiy zararlanishiga olibkelishi mumkin. Agar homilaga gerpes yuqsa, unda ko'rlik yoki pnevmoniya rivojlanadi, ba'zida bola nobud bo'lishi mumkin.
Shuning uchun tug'ish davri yaqinlashgan payt onada gerpes virusi alomatlari avj olgan bo'lsa, bolaga yuqish xavfi katta bo'lgani uchun bolani tabiiy yo'l bilan emas, balki kesarev kesilish orqali dunyoga keltirish tavsiya etiladi.

tgoop.com/DIETALAR/86227
Create:
Last Update:

BY Dietalar & Fitnes

Share with your friend now:
tgoop.com/DIETALAR/86227

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

SUCK Channel Telegram Private channels are only accessible to subscribers and don’t appear in public searches. To join a private channel, you need to receive a link from the owner (administrator). A private channel is an excellent solution for companies and teams. You can also use this type of channel to write down personal notes, reflections, etc. By the way, you can make your private channel public at any moment. How to create a business channel on Telegram? (Tutorial) So far, more than a dozen different members have contributed to the group, posting voice notes of themselves screaming, yelling, groaning, and wailing in various pitches and rhythms. Telegram has announced a number of measures aiming to tackle the spread of disinformation through its platform in Brazil. These features are part of an agreement between the platform and the country's authorities ahead of the elections in October.
from us

Telegram Dietalar & Fitnes
FROM American