tgoop.com/ILM_NUR_2020/1246
Last Update:
#PhD
#DSc
📥Savol: Qaysi hollarda dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilishi mumkin?
📤Javob: Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi:
-fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan kamida 3 ta ixtiro yoki seleksiya yutug‘i muallifiga;
-salmoqli ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va ro‘yxat bo‘yicha xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 12 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 8 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida, ilmiy natijani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha talablar bajarilgan holda.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi:
-fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan 3 tagacha ixtiro yoki seleksiya yutug‘i muallifiga;
-muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va ro‘yxat bo‘yicha xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida.
Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020
BY Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
Share with your friend now:
tgoop.com/ILM_NUR_2020/1246