tgoop.com/Mirkonomika/2104
Last Update:
AQShda tovarlar tashqi savdo defitsiti sezilarli oshgan
Yanvar oyida eksport 172 mlrd dollarni, import esa 325,4 mlrd dollarni tashkil etgan. Tashqi savdo defitsiti esa 153,3 mlrd dollarga yetgan. Taqqoslash uchun dekabr oyida defitsit 122 mlrd dollarni, 2024 yilning yanvarida esa 100,3 mlrd dollarni tashkil etgan edi. Ya’ni tashqi savdo defitsiti oldingi oyga nisbatan 31,2 mlrd dollarga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 53 mlrd dollarga oshgan.
Tashqi savdo defitsitining bunday yuqori o‘sishi iqtisodiy agentlarning Tramp tomonidan joriy qilinishi mumkin bo‘lgan bojlari bilan izohlanadi (keyinchalik amalda joriy qilingan). Ya’ni yanvar oyida hali bojlar o‘rnatilmagan bo‘lsa-da, Trampning saylov kompaniyasidagi bayonotlari u saylangandan keyingi davrda tashqi savdo bo‘yicha turli noaniqliklarni kuchaytirdi. Bu esa importyorlarning yangi bojlar joriy qilinguncha importni ko'proq oshirishiga olib kelgan.
BY Mirkonomika

Share with your friend now:
tgoop.com/Mirkonomika/2104