tgoop.com/Mirkonomika/2108
Last Update:
Bugun (05.03 uchun rasmiy kurs) so‘m dollarga nisbatan 6,13 so‘mga qadrsizlandi.
Bu so‘mning ketma-ket uch kundan buyon dollarga nisbatan qadrsizlanishi hisoblanadi.
Qiziq jihati so‘m bugun boshqa zaxira valyutalarining barchasiga nisbatan jiddiy qadrsizlangan. Xususan, so‘m frankka nisbatan 1,1 foiz, yevro va funtga nisbatan 0,8 foizga hamda iyenaga nisbatan 0,9 foizga qadrini yo‘qotgan.
Asosiy savdo hamkorlarimiz valyutalaridan yuanga nisbatan ketma-ket uch kunlik mustahkamlanishdan keyin so‘m bugun 0,3 foizga qadrsizlangan bo‘lsa, liraga nisbatan ketma-ket ikki kundan buyon 0,2 foizga qadrsizlanmoqda. Rublga nisbatan esa uch kun davom etgan mustahkamlanish fazasidan keyin, bugun nisbatan barqarorlikni namoyon qilgan. Tenge bilan esa barqarorlik ketma-ket ikkita sessiyadan buyon davom etmoqda.
BY Mirkonomika

Share with your friend now:
tgoop.com/Mirkonomika/2108