tgoop.com/Mirkonomika/2114
Last Update:
Ketma-ket uch kunlik qadrsizlanishdan keyin so‘m bugun dollarga nisbatan biroz mustahkamlandi.
Ammo boshqa zaxira valyutalarining deyarli barchasiga nisbatan so‘m sezilarli qadrsizlanishda davom etmoqda (iyenadan tashqari). Xususan, bugun so‘m yevroga nisbatan 1,9 foizga, frankka nisbatan 0,6 foizga, funtga nisbatan 0,8 foizga qadrini yo‘qotgan (iyenaga nisbatan 0,2 foizga mustahkamlangan). so‘nggi uchta sessiyada esa so‘m yevroga nisbatan 3 foizga, funtga nisbatan 2 foizga, frankka nisbatan 1,9 foizga iyenaga nisbatan esa 0,7 foizga qadrini yo‘qotdi.
Asosiy savdo hamkorlarimiz valyutalaridan rublga nisbatan so‘m bugun 0,5 foizga mustahkamlangan bo‘lsa, tenge va yuanga nisbatan mos ravishda 0,6 va 0,1 foizga qadrsizlangan. Liraga nisbatan esa barqaror qolgan.
BY Mirkonomika

Share with your friend now:
tgoop.com/Mirkonomika/2114