tgoop.com/Mirkonomika/2116
Last Update:
So‘m bugun (tanlab olingan) deyarli barcha valyutalarga nisbatan qadrsizlangan.
Bugun so‘m dollarga nisbatan 18 so‘mga (yoki 0,14 foiz) qadrsizlandi. Boshqa zaxira valyutalariga nisbatan esa jiddiy qadrsizlanishda davom etmoqda. Xususan so‘nggi 4 kunda so‘m yevroga nisbatan (kunlik kumulyativ) 4 foizga (bugun 1 foiz), funtga nisbatan 2,4 foizga (bugun 0,4 foiz), frankka nisbatan 2 foizga (bugun 0,1 foiz), iyenaga nisbatan esa 1,8 foizga (bugun 1,1 foiz) qadrsizlangan. Taqqoslash uchun bu davrda so‘m dollarga nisbatan 0,2 foizga qadrsizlangan. Ya’ni boshqa zaxira valyutalari bilan taqqoslaganda so‘m-dollar juftligi nisbatan barqaror qolgan.
Asosiy hamkorlarimiz valyutalaridan rublga nisbatan so‘m 5 kunlik mustahkamlanishdan keyin bugun 0,6 foizga qadrsizlangan. Shuningdek, bugun so‘m yuanga nisbatan 0,3 foizga, tengega nisbatan 0,2 foizga, liraga nisbatan 0,1 foizga qadrini yo‘qotgan.
BY Mirkonomika

Share with your friend now:
tgoop.com/Mirkonomika/2116