tgoop.com/Mirkonomika/2124
Last Update:
Narx nazorati: Narx signallariga e’tibor bermaslik qanday oqibatlarga olib keladi?
Narx signallarini bostirishga qaratilgan siyosatlar ko‘pincha kutilmagan va og‘ir oqibatlarga olib keladi. Bunga yaqqol misollardan biri – favqulodda vaziyatlarda joriy etilgan narx nazoratlari. Eng mashhur holatlardan biri 1970-yillarda AQShda yuz bergan benzin inqirozidir. OPEK neft embargosiga javoban, prezident Nikson ma’muriyati benzin narxlarini sun’iy ravishda chekladi. Ammo bu choralar benzinni arzonlashtirish o‘rniga uni butunlay defitsitga aylantirdi.
Mamlakat bo‘ylab haydovchilar benzin quyish shoxobchalarida kilometrga cho‘zilgan uzun navbatlarda soatlab kutishga majbur bo‘ldilar. Ko‘plab shoxobchalarda “UZR, BUGUN BENZIN YO‘Q” degan yozuvlar paydo bo‘ldi. Ayrim joylarda esa benzin olishga faqat muayyan kunlarda ruxsat berildi – masalan, toq yoki juft raqamli avtomobillarga muqobil kunlarda yonilg‘i quyishga ruxsat etilgan.
Buning oqibatlari juda og‘ir bo‘ldi. Ba’zi onalar bolalarini maktabga olib borayotgan paytda benzin tugab, yo‘lda qolib ketishdi. Ishchilarning ko‘pchiligi transport vositasiz ish joyiga bora olmadilar. Yonilg‘i quyish shoxobchalarida esa janjallar va hatto zo‘ravonlik hollari kuzatildi. Masalan, bir erkak noto‘g‘ri kunda benzin quyishni so‘ragani uchun yonilg‘i quyish shoxobchasi xodimiga to‘pponcha o‘qtalgani uchun hibsga olingan edi.
Bundan tashqari, nazorat qilingan narxlar natijasida yashirin bozor paydo bo‘ldi. Odamlar rasmiy taqiqlarga qaramay, benzinni bozor narxidan ancha yuqori baholarda sotib olishga majbur bo‘ldilar. Ba’zi haydovchilar esa quyosh chiqishidan oldin yo‘lga chiqib, navbatda turish uchun kechasi bilan shoxobchalar oldida kutishga majbur bo‘ldilar.
Oxir-oqibat, narx nazorati bekor qilingach, benzin narxlari dastlab keskin oshdi, ammo ishlab chiqarish hajmining ortishi va tejash choralarining qo‘llanilishi natijasida narxlar pasaya boshladi. Eng muhimi, navbatlar bir kechada yo‘qoldi – ammo bu benzin to‘satdan mo‘l-ko‘l bo‘lib qolganidan emas, balki narx tizimi yana erkin ishlay boshlagan edi. Narxlar bozordagi haqiqiy vaziyatni aks ettira boshlagach, benzin taqsimoti yanada samarali bo‘ldi va ishlab chiqaruvchilar uni ko‘proq yetkazib berishga rag‘batlandilar.
7/
BY Mirkonomika
Share with your friend now:
tgoop.com/Mirkonomika/2124