tgoop.com/Mirkonomika/2125
Last Update:
Siyosat Narx Signallarini Yaratishi Mumkin
Yuqoridagi narx nazorati haqidagi saboqlar sizni “siyosatchilar narxlarga umuman aralashmasligi kerak” degan fikrga olib kelishi mumkin. Bu qarashga ko‘ra, hukumatning vazifasi shunchaki bozor kuchlariga to‘sqinlik qilmaslikdan iborat bo‘ladi. Ammo bunday yondashuv juda yuzaki. Aslida, hukumat narx mexanizmlarining samarali ishlashiga faol yordam berishi ham mumkin.
Masalan, XX asr davomida AQShning Federal Aloqa Komissiyasi (FCC) radiochastota litsenziyalarini tekin tarqatgan. Bu jarayon “taqqoslash eshituvi” deb nomlangan, biroq aslida bu “go‘zallik tanlovi” edi. Kompaniyalar radiochastota olish uchun uzun-uzun arizalar tayyorlab, o‘z loyihalarining muhimligini isbotlashga harakat qilishardi. FCC rasmiylari esa yillar davomida ushbu arizalarni ko‘rib chiqib, noaniq “jamoat manfaatlari” mezonlari asosida g‘oliblarni tanlardi.
Bu ma’muriy usul samarasiz edi. Texnologik taraqqiyot sekinlashdi, siyosiy ta’sir va korrupsiya avj oldi. Eng yomoni, davlat mamlakatning eng qimmatbaho resurslaridan biri bo‘lgan radiochastotalarni tekin tarqatish orqali ularning iqtisodiy qiymatini inobatga olmadi.
1959-yilda iqtisodchi Ronald Kouz bu muammoni hal qilish uchun inqilobiy taklif berdi:
Radiochastotalarni eng yuqori baho taklif qilganlarga auksion orqali sotish.
Bu g‘oyaga keskin qarshilik ko‘rsatildi. Kouz FCC rasmiylariga bu taklifni tushuntirganda, ulardan biri unga “Bu qandaydir hazilmi?” deb javob bergan edi. Hukumat mulozimlari ham, telekommunikatsiya sohasi vakillari ham bu yondashuvni “g‘ayritabiiy” deb hisoblashdi.
Ammo amaldagi tizim samarasizligi yaqqol ko‘rinib turardi. 1982-yilda FCC mobil aloqa litsenziyalari uchun arizalar sonining ortib ketishi sababli muqobil usulni sinab ko‘rishga majbur bo‘ldi:
lotereya tizimi.
Endi istalgan kishi ariza to‘ldirib, kichik bir to‘lov evaziga qimmatbaho radiochastota litsenziyasini yutib olishi mumkin edi.
Natija kutilganidek tartibsiz bo‘ldi. 400 mingdan ortiq ariza tushdi. Taksi haydovchilari, stomatologlar va tasodifiy fuqarolar millionlab dollar qiymatga ega litsenziyalarni yutib olib, ularni telekommunikatsiya kompaniyalariga sotishga tushishdi. Aslida, hukumat davlat mulkini shunchaki omadga qarab tarqatib yubordi.
Bu betartiblik nihoyat Kouzning auksion usulini sinab ko‘rish uchun siyosiy iroda yaratdi. Ammo asosiy savol tug‘ildi: bu auktsion qanday ishlashi kerak?
Radiochastota auktsionlari murakkab muammolarni tug‘dirardi.
• Litsenziyalar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, kompaniyalarga ma’lum kombinatsiyalar kerak edi.
• Hukumat esa faqat eng ko‘p pul to‘lagan kompaniyaga sotish emas, balki bozor raqobatini saqlab qolish haqida ham o‘ylashi lozim edi.
8/
BY Mirkonomika
Share with your friend now:
tgoop.com/Mirkonomika/2125