MIRKONOMIKA Telegram 2126
Bu yerda iqtisodchilar o‘z bilim va tajribalarini namoyon qildilar. Nobel mukofoti sovrindorlari Pol Milgrom va Robert Uilson boshchiligidagi jamoa radiochastotalar uchun maxsus auksion formatlarini ishlab chiqdi.
Ular “bir vaqtda ko‘p bosqichli auksion” usulini yaratishdi, bu esa ishtirokchilarga bir-birining takliflarini kuzatib, o‘z strategiyalarini moslashtirish imkonini berdi.

1994-yilda o‘tkazilgan ilk yirik radiochastota auktsioni AQSh g‘aznasiga 7 milliard dollar daromad olib keldi. Bu natija hammani hayratga soldi, chunki ilgari ushbu qimmatbaho resurslar tekin tarqatilgan edi.

Ammo bu auksionning eng katta yutug‘i faqatgina davlatga tushgan daromad emas edi.
Narx signallari orqali radiochastotalarni eng samarali foydalana oladigan kompaniyalarga ajratish innovatsiyalarni jadallashtirdi.
Litsenziyalarni sotib olgan kompaniyalar investitsiyalarini tezroq qaytarish uchun bu resurslardan imkon qadar samarali foydalanishga harakat qilishdi.

O‘shandan beri AQShda radiochastota auksionlari orqali 200 milliard dollardan ortiq daromad yig‘ildi va simsiz aloqa texnologiyalarining rivojlanishi juda tezlashdi.

Radiochastotalarni auksion orqali sotgan davlatlar telekommunikatsiya bozorida yetakchilikni qo‘lga kiritdi.
Biroq administrativ taqsimotga yopishib olgan mamlakatlar esa raqobatda ortda qolib ketdi.
Ilgari radiochastotalar siyosatchilar tomonidan “loyiqlik” asosida taqsimlangan bo‘lsa, endi bozor mexanizmi orqali uning haqiqiy iqtisodiy qiymati aniqlandi. Siyosiy qarorlar o‘rniga narx signallari asosida resurslarni taqsimlash texnologik innovatsiyalar va iqtisodiy o‘sishga yo‘l ochdi.

9/

tgoop.com/Mirkonomika/2126
Create:
Last Update:

BY Mirkonomika

Share with your friend now:
tgoop.com/Mirkonomika/2126

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

“Hey degen, are you stressed? Just let it all out,” he wrote, along with a link to join the group. How to Create a Private or Public Channel on Telegram? Invite up to 200 users from your contacts to join your channel A Hong Kong protester with a petrol bomb. File photo: Dylan Hollingsworth/HKFP. Concise
from us

Telegram Mirkonomika
FROM American