tgoop.com/Mirkonomika/2131
Last Update:
Qozog‘iston Markaziy banki asosiy stavkani 15,25 foizdan 16,5 foizgacha oshirdi.
Markaziy bank foiz stavkasi oshirish bo‘yicha qarorini inflyatsiya darasi va kutilmalarining tezlashishganligi bilan izohlagan. Xususan, mamlakatda yillik inflyatsiya yanvar oyidagi 8,9 foizdan, fevral oyida 9,4 foizgacha tezlashgan. Shuningdek, fevral oyida yillik hisobda bazaviy inflyatsiya 14,2 foizga, inflyatsion kutilmalar esa yanvar oyidagi 12,4 foizdan, 13,7 foizgacha yetgan.
Hozirgi noaniqliklar sharoitda Qozog‘iston Markaziy banki joriy yilda inflyatsion darajasi 10-12 foiz koridorda shakllanishini prognoz qilmoqda. Taqqoslash uchun oldingi prognozlarda inflyatsiya darajasi 6,5-8,5 foiz oralig‘ida shakllanishi kutilayotgan edi. Iqtisodiy o‘sish bo‘yicha prognozlar esa 4,5-5,5 foiz koridordan 4,2-5,2 foiz koridorgacha pasaytirilgan.
Shuningdek, Markaziy bank press-relizida asosiy stavkani oshirish kelajakdagi yuqori oshirishlarni oldini olish maqsadida qilinayotganligi ta’kidlangan. Bu esa o‘z navbatida kelgusi yig‘ilishlarda ham foiz stavkasini oshirish fazasi davom etishiga ishora bo‘lishi mumkin.
BY Mirkonomika

Share with your friend now:
tgoop.com/Mirkonomika/2131