tgoop.com/Mirkonomika/2132
Last Update:
Yuqori oltin narxi fonida zaxiralar o‘sishda davom etmoqda.
1-mart holatiga xalqaro zaxiralar hajmi 44,9 mlrd dollarni tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 2 mlrd dollarga o‘sgan. Bunda, oy davomida oltin narxining o‘sishi zaxiralarni 851 mln dollarga oshirgan.
Valyutadagi zaxiralar hajmi oy davomida 2,2 mlrd dollarga oshib 9,5 mlrd dollarga yetgan bo'lsa, oltindagi zaxiralar hajmi 200 mln dollarga qisqarib 34,9 mlrd dollarni tashkil etgan.
Oltindagi zaxiralarning qisqarishi zaxiralar tarkibida oltin hajmining qisqarganligi bilan izohlanadi. Xususan, fevral oyida oltin hajmi 0,4 mln troy unsiyaga (1,1 mlrd dollar) qisqargan. Bu holat jahon bozoridagi qulay narx sharoitida amalga oshirilgan oltin eksporti bilan izohlanadi.
Shuningdek, zaxiralar tarkibida qimmatli qog‘ozlar hajmi 100 mln dollarga oshib 202.5 mln dollarga yetgan.
O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda zaxiralarning umumiy hajmi 12,8 mlrd dollarga oshgan. Bunda oltin narxining o‘sishi zaxiralar hajmini 9,8 mlrd dollarga oshirgan.
BY Mirkonomika

Share with your friend now:
tgoop.com/Mirkonomika/2132