tgoop.com/Mirkonomika/2133
Last Update:
So‘m (tanlab olingan) deyarli barcha valyutalarga nisbatan qadrsizlanishda davom etmoqda
Bugun so‘m xuddi kechagi sessiyadagi kabi deyarli barcha valyutalarga nisbatan qadrini yo‘qotdi. Xususan, dollarga nisbatan 0,17 foizga (21,8 so‘mga) qadrsizlandi. Shuningdek, boshqa zaxira valyutalariga nisbatan jiddiy qadrsizlanishda davom etmoqda. Jumladan bugun so‘m frankka nisbatan 1 foizga, yevro va funtga nisbatan 0,7 foizga hamda iyenaga nisbatan 0,5 foizga qadrsizlangan. Joriy hafta davomida so‘m yevroga nisbatan (kunlik kumulyativ) 4,7 foizga, funt va frankka nisbatan 3 foizga, iyenaga nisbatan esa 2,2 foizga qadrini yo‘qotgan. Bu davrda so‘m dollarga nisbatan 0.4 foizga qadrsizlangan. Boshqa zaxira valyutalarining mustahkamlanishi AQShda qaror qabul qilishdagi noaniqliklar, va Yevropa mamlakatlarining mudofaa xarajatlarini oshirishni rejalashtirayotganligi bilan izohlanishi mumkin.
Shuningdek, so‘m bugun asosiy savdo hamkorlarimiz valyutalarining barchasiga nisbatan qadrsizlangan. Xususan, tengega nisbatan 1,2 foizga, rublga nisbatan 0,7 foizga, yuanga nisbatan 0,4 foizga hamda liraga nisbatan 0,2 foizga qadrini yo‘qotgan. E’tiborli jihati, so‘mning yuanga nisbatan qadrsizlanishi 4 ta sessiyadan buyon davom etayotgan bo‘lsa, tengega nisbatan 3 ta sessiyadan buyon qadrsizlanmoqda.
BY Mirkonomika

Share with your friend now:
tgoop.com/Mirkonomika/2133