#yangixizmat #fuqarolik #oila_va_bolalar
🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.
🆘 My.gov.uz portalida ayollarni himoya qilishga yordam beruvchi xizmat ishga tushirildi.
🆕 Endi
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar himoya orderini olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin. Murojaat profilaktika inspektoriga taqdim etilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida koʻrib chiqiladi.
✅ Himoya orderi zoʻravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan bir qator cheklovlar qoʻyish orqali jabrlanuvchini himoya qiladi.
💫 Order qanday cheklovlarni oʻz ichiga oladi?❌ Tazyiq va zoʻravonlik sodir etishni taqiqlash;
❌ Zoʻravonning jabrlanuvchi bilan aloqasini taqiqlash;
❌ Jabrlanuvchi va zoʻravonning bir xonada boʻlishini taqiqlash;
❌ Zoʻravon zimmasiga jabrlanuvchining davolanish, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararini qoplash majburiyatini yuklash;
❌ Zoʻravonning qurol saqlash va olib yurish huquqini cheklash kabilar.
✨Eslatma: Himoya orderida qonunchilikda belgilanmagan boshqa cheklovlarni qoʻyish taqiqlanadi.
❗️Zoʻravonlikka yoʻl qoʻymang! Oʻzingizni himoya qiling!
🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot