tgoop.com/TSTM_DUK/12769
Last Update:
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️“Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi
🔰Farmonga ko‘ra, 2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish borasida:
✅ “Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targ‘ib qilish uchun “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi.
📚 2025/2026-o‘quv yilidan:
➖Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yetakchi oliy ta‘lim tashkiloti etib belgilanadi;
➖“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy ta‘lim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etiladi;
📌 2025-yil 1-martgacha to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning inson salomatligiga foydasini targ‘ib qilishni kuchaytirish dasturi ishlab chiqiladi;
BY TUPROQSIFATTAHLIL DUK

Share with your friend now:
tgoop.com/TSTM_DUK/12769