tgoop.com/TSTM_DUK/12819
Last Update:
AGROTAVSIYA
➡️Bug‘doyda sariq zang kasalligi rivojlanishini oldini olishda doimiy monitoringdan o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
✔️G‘alla maydonlarida sariq zang kasalligining erta bosqichlarini aniqlash va uning tarqalishini nazorat qilish yuqori hosildorlikga erishishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
➡️O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan g‘alla maydonlarini sariq zang kasalligining rivojlanishini doimiy nazoratdan o‘tkazish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ushbu kasallik bug‘doyning barglari, poyalari va boshoqlariga ta‘sir qilishi mumkin.
🟠 Zang kasalligining uchta asosiy turi mavjud: sariq zang, qo‘ng‘ir zang va poya zangi.
👉Monitoringni o‘tkazish davriyligi:
➖bug‘doy ekilgandan boshlab, don to‘lishi davrigacha har haftada kamida bir marta nazorat tadbirlarini amalga oshirish zarur.
➖kasallik tarqalishiga olib keluvchi qulay sharoitlar (nam va iliq ob-havo) mavjud bo‘lganda, monitoringni tez-tez o‘tkazish tavsiya etiladi.
Telegram | Facebook | Instagram|
BY TUPROQSIFATTAHLIL DUK

Share with your friend now:
tgoop.com/TSTM_DUK/12819