tgoop.com/TSTM_DUK/12823
Last Update:
🐔 Tovuq go‘ngi va uning tuproq unumdorligiga taʼsiri
Tovuq go‘ngi – qimmatli organik o‘g‘it, unda ko‘plab azot, fosfor va kaliy moddalari mavjud. U tuproq unumdorligini oshirish, o‘simlik o‘sishini rag‘batlantirish uchun foydali.
Tovuq go‘ngi noto‘g‘ri ishlatilsa:
Patogen bakteriyalar xavfi.
Azot balansi buzilishi – tovuq go‘ngida azot miqdori yuqori, uni meʼyordan ortiq qo‘llash o‘simliklarning kuyishi va tuproqda azot muvozanatining buzilishiga sabab bo‘ladi.
Tuproq kislotaliligini oshirishi mumkin – baʼzi o‘simliklar kislotali muhitni yoqtirmaydi.
✅ Tovuq go‘ngidan to‘g‘ri foydalanish yo‘llari
✔️ Fermentlash (chiritish) – 6-12 oy davomida go‘ngni yog‘och qutilarda yoki ochiq maydonda kompost qilish
✔️ Past miqdorda qo‘llash – 1 sotix uchun 1-2 kg quritilgan tovuq go‘ngi yetarli
✔️ Tuproq nazorati – kislotalilik va azot darajasini tekshirib turish
✔️ Suyuq holda qo‘llash – tovuq go‘ngi suv bilan aralashtirilib 10-15 kun ho‘llangach, o‘simliklarga sepish
BY TUPROQSIFATTAHLIL DUK

Share with your friend now:
tgoop.com/TSTM_DUK/12823