tgoop.com/TSTM_DUK/12826
Last Update:
Begona o‘tlarga qarshi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish lozim
Ekin maydonlaridagi begona o‘tlar o‘simlikning yaxshi o‘sishiga va hosildorlikka taʼsirini o‘tkazmay qolmaydi.
Almashlab ekish dalalarni begona o‘tlardan tozalashda katta ahamiyatga ega. Hozir har xil tuproqlarda jadallashtirilgan almashlab ekishning 2:1 va 1:2:1 tizimlari qabul qilingan. Beda ekilganidan so‘ng begona o‘tlar 56, oraliq ekin sifatida kuzgi javdar, silos uchun ekilgan makkajo‘xoridan keyin esa 50 foizgacha kamaygan. Ekinlarni navbatlash ko‘p yillik begona o‘tlarni, ayniqsa, qo‘ypechak va salomaleykumni kamaytiradi.
****
Бегона ўтларга қарши агротехник тадбирларни амалга ошириш лозим
Экин майдонларидаги бегона ўтлар ўсимликнинг яхши ўсишига ва ҳосилдорликка таъсирини ўтказмай қолмайди.
Алмашлаб экиш далаларни бегона ўтлардан тозалашда катта аҳамиятга эга. Беда экилганидан сўнг бегона ўтлар 56, оралиқ экин сифатида кузги жавдар, силос учун экилган маккажўхоридан кейин эса 50 фоизгача камайган.
Батафсил ўқинг👉
BY TUPROQSIFATTAHLIL DUK

Share with your friend now:
tgoop.com/TSTM_DUK/12826