tgoop.com/TSTM_DUK/12841
Last Update:
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️“Uzagrostar xolding” kompaniyasi tashkil etiladi
“Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-57-son, 14.02.2025 y.) qabul qilindi.
🔍 Tashqi va ichki bozorlarda talab yuqori bo'lgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari kesimida bazaviy va qamrab olinadigan tumanlarni belgilash va ushbu hududlardagi mahallalarda mahsulot yetishtirishning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish bo'yicha Xolding kompaniya muassisligida ixtisoslashgan kompaniyalar tashkil etiladi.
Aholi tomorqalarida va dehqon xo'jaligi yer maydonlarida moliyaviy qo'llab-quvvatlash instrumentlari joriy etiladi:
🔹uzum ko'chatini shpalerga o'tkazishga har bir shpaler uchun 15 ming so'mgacha subsidiya beriladi;
🔹tomorqadagi bog'larni yangilash uchun “in-vitro” ko'chat sotib olish xarajatining 50 foizi qoplab beriladi;
🔹2025-yilda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va ularning xaridi uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarga 1 trillion so'm yo'naltiriladi.
BY TUPROQSIFATTAHLIL DUK

Share with your friend now:
tgoop.com/TSTM_DUK/12841