Telegram Web
Taqiqlangan saytlar.pdf
634.3 KB
#Taqiqlangan

⚡️Diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan deb topilgan manbaa hamda kontentlar ro’xati.


🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2019-2024 yillarda internet jahon tarmog'idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan deb topilgan hamda O'zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbaa va kontentlar (materiallar) ro‘yxati.

❗️Ushbu sahifalarga kirish, a’zo bo’lish, layk bosish va tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Yaqinlaringizga yuborib qo’yishni unutmang!

🎓 @Talim_huquqi
28🔥13💯13👍4👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Diniy materiallarni tarqatganlik uchun javobgarlik bor.

❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi diniy materiallar: video, audio, matn va boshqa turdagi kontentlarga “layk” bosganlik yoki boshqalarga “ulashganlik” uchun javobgarlik bor

Tekshirilmagan audio-, foto- va videomateriallarni internetdan yuklab olishga ehtiyot boʻling! ⛔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlaning!

⚡️Diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan deb topilgan manbaa hamda kontentlar ro’xati.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3893

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯415👍3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov2024

⚡️Bugun, 27-oktyabr parlament va mahalliy kengash deputatligi uchun saylov bo‘lib o‘tadi.

📨 Ovoz berish jarayoni ertalab soat 08:00 dan kechgi soat 20:00 ga qadar davom etadi.

☝️Yuqoridagi videoda saylovda qanday ovoz berilishi haqida batafsil tushuntirish berilgan.

❗️Kelajak uchun ovoz bering!

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥47👍36👌1🫡1
#Maktab

⚡️Maktablarda kuzgi ta'til 4 noyabrdan boshlanadi

🏫 Maktab o'quvchilari uchun chorakning so'nggi kuni 2 noyabrga togri kelib, 4 noyabr kuzgi ta'tilning ilk kuni sanaladi. Ta'til 6 kalendar kun, ya'ni 9 noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 11 noyabrdan boshlanadi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏65🔥5🥰5🎉5
#Rasman

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi


🇺🇿 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:
🔠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🎉11🥰8👏87🔥6
#Magistr

⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

🇺🇿 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍32🥰2👏2🎉1
#Talaba

⚡️Kontrakt toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3897

⚡️Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lashi mumkin.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3868

⚡️2024/2025 o’quv yili magistraturasiga qo‘shimcha qabul.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3898

⚡️Toʻlov-kontrakt miqdorlari.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3814

⚡️Super kontrakt narxlari.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3846

⚡️Super-kontrakt uchun taʼlim kredit ajratayotgan banklar.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3879

⚡️Ta'lim krediti berish tartibi.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3871

⚡️Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti berish tartibi.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3870

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥7🥰7👏76🎉6
#Oliygoh

⚡️Prezident qarori bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Navoiy davlat universitetiga aylantirildi.


❗️Institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishlarini universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025-o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga universitet diplomi beriladi.

So‘nggi uch yilda respublika miqyosida navoiylik yoshlar oliygohga kirish bo‘yicha 1-o‘rinda — Prezident


🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1612🔥11👍10🎉4🥰3
#Bilasizmi | #imkoniyat

⚡️Ayrim yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlari bir qismi qoplab beriladi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1.500.000 so‘m) miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida subsidiya ajratiladi. O‘qish xarajatlarining qolgan qismini ariza beruvchining o‘zi to‘laydi.

Asos: https://lex.uz/docs/-6051791#-6054488

🎓 @Talim_huquqi
11👍10🔥8🎉8👏6🥰5
⚡️Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi.

Hukumat Qarori (731-son, 01.11.2024 y.) bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

❗️ Unga ko'ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi hamda yo'nalishlar bo'yicha talabgorlarning yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlarini baholash mezonlari belgilandi.

➡️ Talabgorlar 8 ta yo'nalishfan, ta'lim, adabiyot, madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati bo'yicha tanlovlar orqali saralanadi.

Mukofot ijtimoiy faolligi va iste'dodi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan 14 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga o'qish va mehnat faoliyatidagi yutuqlari uchun beriladi.

🔰 Yo'nalishlar bo'yicha har bir o'ringa munosib talabgorlarni tanlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

tuman (shahar) bosqichi 2 sentabrdan 20 oktabrga qadar;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi 21 oktabrdan 30 noyabrga qadar;
respublika bosqichi 1 dekabrdan 31 dekabrga qadar o'tkaziladi.

🥇 Mukofot har yili Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 nafar talabgorga beriladi.

📃 Sovrindorlarga mukofotlanganlik haqidagi diplom, ko'krak nishoni hamda BHMning 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti har yili 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥52👏1
#Bilasizmi | #kontrakt | #imtiyoz

⚡️Davlat professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining bir qismi to‘lab beriladi.

🇺🇿 Respublikamizdagi professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlarida (davlat, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

☝️Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan (18.750.000) oshmagan miqdorda to'lab beriladi.

❗️Ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga to'lab berilmaydi.

📑 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-son qarori.
🌐 Havola: https://lex.uz/uz/docs/-6051791

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰14🎉13👍1211🔥11👏8
#Diqqat_tanlov

⚡️ Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln so'mlik tanlov

🇺🇿 "Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni" o'tkaziladi

📝 O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni o'tkaziladi.

📌 Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishing.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot telegram botini ishga tushirishingiz lozim.

🔰 G'oliblar quyidagi miqdorda rag'batlantiriladi:
1-o'rin 20 mln so'm;
2-o'rin 12 mln so'm;
3-o'rin 8 mln so'm.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va g'olib bo'ling!

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥12🥰12👏7🎉76
#Bilasizmi

⚡️Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratiladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensatsiyasi har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratiladi.

❗️Bunda er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi, mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar bilan ta’minlanmagan, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar ta’minoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan hamda har ikkisi yoki biri “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lishi talab etiladi.

📑 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-son qarori.
🌐 Havola:
https://lex.uz/uz/docs/-6051791


🎓 @Talim_huquqi
4🎉4👍3🥰3👏2🔥1
Haqiqatdan ham atestatsiya savollari qiyinmi?

Atestatsiyada qatnashgan o‘qtuvchilar izohlarda yoki @Talim_huquqibot ga fikringizni yozib qoldiring.

🎓 @Talim_huquqi
👍167🎉7👏6🔥4🥰2
⚡️Til sertifikati yo‘q abituriyentlar ba’zi yo‘nalishlarga hujjat topshira olmaydi.

2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.


Bu nima degani?

Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,1 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.

🎓 @Talim_huquqi
👏8🔥75👍5🥰4🎉3
#Bilasizmi

⚡️Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga 50 foiz ko‘proq stipendiya beriladi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar davlat bog'chalari va maktablarga navbatga qo'yilmasdan joylashtiriladi.

💰Shuningdek ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda o'qiyotganda har o'quv yilida 1 marotaba o'quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 875 ming so'm) miqdorida subsidiya beriladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar o'qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to'lanadi.

Asos: https://lex.uz/docs/-5569689

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🔥3🎉2👏1
⚡️2025-yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilindi.

🎓 @Talim_huquqi
👍145🔥5🥰5👏5🎉4😎1
344-sonli qaror @Talim_Huquqi.pdf
180.5 KB
#Talabalarga

⚡️Talabalarga akademik ta'til berish to'g'risidagi nizom.

Keyingi postlarda ushbu qarorni qisqacha izohini joylaymiz.

🎓 @Talim_huquqi
Forwarded from Imtiyoz.uz
⚡️Nodavlat bog’cha va maktablar 2030-yilgacha soliqlardan ozod etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat bog’cha va maktablar barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi, ularda ishlayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar esa daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

⬇️ 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan xorijiy pedagog mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;

davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

🖥 Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlarining Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovar jihozlariga bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):

zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Talabalarga

⚡️Talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda beriladi.

Harbiy xizmatni o‘tash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik va tug‘ish uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun;
oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.

❗️Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;
homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga;
salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi o‘quv yiliga qadra yoki bir simestr uchun beriladi.


☝️Talabaga akademik ta’til berilishi uni OTMdan chetlashtirish deb hisoblanmaydi. Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasinimg 344-sonli qarori.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
2025/07/13 16:48:32
Back to Top
HTML Embed Code: