tgoop.com/Tasadduq_yo_Rosululloh/8395
Last Update:
Baroat kechasi
Baroat kechasida Alloh taolo tomonidan bir nido qiluvchi nido qilib: “Biror mag'firat so'rovchi bormi uni mag'firat qilsam? Biror so'rovchi bormi unga so'raganini bersam? Biror rizq so'raguvchi bormi unga rizq bersam? Biror musibatga giriftor bo'lgan bormi undan musibatni aritsam?” deydi.
Bunday nido hadislardan ma'lum bo'lishicha, Alloh taolo tomonidan har kechada bo'ladi. Lekin, baroat kechasi bilan umumiy kechalarda Alloh taolo tomonidan bo'ladigan nidoning farqi shuki, umumiy kechalarda kechaning uchdan birining oxirida bo'ladi. Baroat kechasida esa, quyosh botishidan nido boshlanadi.
Bizlar bu kechani g'animat bilib, Alloh taolodan gunohlarimizni mag'firat qilishini so'rashimiz va Alloh taolo huzuriga joiz hojatlarimizni taqdim qilishimiz hamda halol rizq so'rab, musibat, tashvishlarimizni aritishini duo qilib so'rashimiz lozim.
U kechada qanday ulkan fazilat va saodat bor, bizning Mavloimiz Alloh taolo: “So'ranglar! So'raganlaringizni berishga tayyorman” deydi.
Baroat kechasini Nabiy sollallohu alayhi vasallam bedor o'tkazib, boshqalarni ham bedor o'tkazishga hukm qilib, baroat kechasini bedor o'tkazish fazilatlidir deganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Beshta kechani kim tiriltir(bedor o'tkaz)sa, jannat unga vojib bo'ladi. (Ular:) tarviya, arafa, qurbonlik, fitr va sha'bonning o'n beshinchi kechalari”.
Ushbu besh kechani kim tiriltirsa, unga jannat vojib bo'ladi. Ular:
1. Sakkizinchi zul hijja kechasi;
2. To'qqizinchi zul hijja kechasi;
3. Qurbon hayit kechasi;
4. Ramazon hayit kechasi;
5. SHa'bonning o'n beshinchi kechasi.
SHuning uchun faqihlar baroat kechasini ibodat bilan bedor o'tkazishni mustahab amallardan sanaganlar.
Muftiy Muhammad SHafe' rahmatullohi alayh: “YUqoridagi hadislardan bu kechaning fazilatlari ma'lum bo'lganidek, musulmonlarga bu kechada quyidagi amallarni qilish sunnat ekanligi ma'lum bo'ladi:
1. Kechasini bedor o'tkazib, namoz va zikr tilovatga mashg'ul bo'lish;
2. Alloh taolodan mag'firat, oqibati xayr va o'zining dunyoyu oxiratdagi maqsadlarini hosil bo'lishini duo qilib so'rashi” Muftiy Muhammad SHafi'. Fazoilu va ahkom shabi baroat. – B. 8.
Ahli sunna val jamoa ulug'lari bu kechada bedor bo'lib ibodat qilib chiqishni o'zlariga odat qilganlar.
Baroat kechasini qanday bedor o'tkaziladi?
Hasan ibn Ammor ibn Ali ash-SHurunbuloli hanafiy (vaf. 1069) rahmatullohi alayh:
“Kechasida qoim bo'lishning ma'nosi kechaning aksar qismida ibodat bilan, bir qavlda esa kechadan andak bir vaqtda Qur'on, hadis o'qish yoki ularni eshitish yoki tasbih yoki Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovat aytish bilan mashg'ul bo'lishdir” deb aytgan. Maroqil faloh. – B. 326.
Bundan ma'lum bo'ladiki, bu kecha uchun biror xos ibodat tayin qilinmagan. Kimning kuchi qancha vaqt Alloh taoloni yod qilishga qodir bo'lsa, o'shancha vaqt Qur'on va hadis tilovati bilan yoki ularni eshitish bilan o'tkazish lozim.
Manba: @mehrob_uz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
BY Tasadduq Yo Rosulullohﷺ
Share with your friend now:
tgoop.com/Tasadduq_yo_Rosululloh/8395