Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haj2025

😎 ДУОЛАР ИЖОБАТ ЗАМИН
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Yaxshi ko'rgan insonlaringizni juda mahkam tuting! Ularga yaxshi ko'rishingizni ayting! Xatolarini kechiring! Bir kuni kelib yo siz yoki ular rihlat qiladilar. Qalbda esa, ularga aytilmay qolgan gaplar, sog'inchlar qoladi. Siz bilan tortishgan, o'zlarini oqlagan, tushuntirgan, e'tirof etgan, urishishlaridan yetgan jarohatingiz ichidan tuzalmasidan oldin, tashqarisini tikib qo'ymang! Hayot gina - kudrat, hasad, g'azab saqlash, rishtalarni uzishga arzimaydigan darajada qisqa. Ertaga faqat xotiralarga aylanamiz. O'lim ruxsat so'rab o'tirmaydi. YOmon insonlarga xam tabassum qiling, marhamatli bo'ling! CHunki ular qalbini faqat YAratgan bilguvchidir.

SHayx Ali Tantoviy

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Kim Alloh uchun Haj qilsa, fahsh so'z aytmasa va fisqu fasod qilmasa, xuddi onasi tuqqan kunidek qaytadi», dedilar».

SHarh: YA'ni Haj davrida uyat so'zlarni aytmay, fisqu fasod ishlarni qilmay yurgan kishilar xuddi onadan tug'ilgandek begunoh holga qaytadilar. Bu haqiqatni hajga boruvchi har bir kishi eng zarur narsalar qatori qalbiga singdirib olmog'i lozim. Haj, odatda, kishiga umrida bir marta beriladigan fursat. Undan har bir hoji unumli foydalanishi lozim. Buning uchun hajga jo'nashdan oldin Haj safarida o'ziga lozim bo'lgan narsalarni yaxshilab o'rganib olmog'i kerak. Bandaga o'rganishi lozim bo'lgan narsalarning eng muhimlaridan biri ushbu hadisda zikr qilinmoqda. Hajni niyat qilganidan boshlab gunohlardan onadan tug'ilgan paytdagidek pok bo'lish harakatiga tushish kerak. Tayyorgarlik ko'rib olib, Haj davomida biror og'iz fahsh so'zlarni aytmay, fisqu fasod qilmay yursa, o'sha banda, inshaalloh, murodiga yetadi.

Haj qilish niyati ila ehrom bog'lagan kishi o'sha ondan boshlab to Haj amallarini ado etib bo'lgunicha ibodatda bo'ladi. Har bir hoji ushbu haqiqatni bir lahza ham unutmasligi lozim. Buyuk sahobiy Anas ibn Molik roziyallohu anhu ehrom bog'laganlaridan boshlab, to Haj amallarini bajarib bo'lgunlaricha biror og'iz behuda so'z aytmas edilar. U kishi bu borada hammaga o'rnak bo'lishlari kerak.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haj2025

😎 ДУОДА БАХИЛЛИК ҚИЛМАНГ
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
"Alloh taolo qiyomat kuni aytadi: "Ey, inson farzandi! Betob bo'ldim, meni kelib ko'rmading. U odam aytadi: "Ey, Rabbim, Sen butun olamning Parvardigori bo'laturib, men seni qanday ko'rishim mumkin edi?" Alloh aytadiki: "Falonchi odamni betobligida borib ko'rmading-ku, agar borganingda uning oldida meni topgan bo'lur eding. Ey, inson farzandi! O'zing ovqatlanding, ammo meni yo'qlamading". Odam aytadi: "Ey, Rabbim, sen butun olamning Podshohi bo'lsang, men seni qanday ovqatlantirishim mumkin edi?" Alloh aytadi: "Falon bandam ovqat so'rab oldingga borganida, sen unga taom bermading. Agar taom berganingda uning huzurida meni topgan bo'lur eding". Alloh aytadi: "Ey inson farzandi, men sendan suv so'radim, suv bermading. Odam aytadi: "Ey, Rabbim, sen butun olamning Parvardigori bo'lsang, men senga qanday qilib suv berishim mumkin?" Alloh aytadi: "Falon bandam suv so'radi, sen unga suv bermading. Agar berganingda edi, meni uning huzurida topar eding".

"Ming bir hadis" kitobidan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#duo 
🤲 HOJILARNI KUTIB OLGANDA QILINADIGAN DUO

تقبل الله نسكك وأعظم أجرك وأخلف نفقتك

O'qilishi: Taqobbal Allohu nusukak va a'zoma ajrok va axlafa nafaqotak.

Ma'nosi: Alloh hajingizni qabul etsin, ajringizni buyuk qilsin va sarflagan nafaqangizni o'rnini to'ldirsin.

Ibn Umar roziyallohu anhumo uyiga qaytgan hojiga shunday duo qilardilar.

Manba: @muslimuzportal

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#asl_mohiyat

📚БЕМАЗҲАБЛАР АВВАЛО ШУ ИШНИ ҚИЛАДИЛАР

🎙Раҳимберди домла Раҳмонов

Manba @AhliSunnaValJamoaUz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🤲 Asmoul husna — Alloh taoloning go'zal ism-sifatlari.

Biz bilan har kuni Alloh taoloning 99 ta ism-sifatlarini o'rganing.

21. al-Qobiz

Ma'nosi:
Ruhlarni qabz qiluvchi.
Xohlagan kishisining rizqini qabz qiluvchi. Qalblarni qabz qiluvchi (qabz – ushlamoq, tutmoq).

Alloh taoloning qabz va basti, ya'ni ushlab turish va qo'yib yuborish holati zokir bandalarni tarbiyalab, ularga ilm va hikmat eshigini ochadi. Bunday zotlarga qabz hujum qilsa, Alloh taoloning hikmat eshigi orqali hujum qiladi. Oqibatda xavf-xatar kuchayib, banda Alloh taoloning ulug'ligidan zavq oladi. Agar ushbu holat kuchaysa, Allohning lutfu marhamati bilan qalbi ochiladi. Qabz holati hujum qilganda banda xavfni his qilsa, Alloh unga zarba bermaydi, balki toqati yetganicha qabz berib, ortidan qo'yib yuborish holatini beradi. Bu so'zlar Alloh bilan muomalada tajribaga ega bo'lgan taqvoli, ibodatli sof kishilarga xosdir.

Mo'min kishi Allohning ushbu ismiga qanday aloqada bo'ladi?

Alloh yo'liga da'vat qilsak, o'ta noziklik bilan ish tutib, odamlarni Allohning rahmatidan umidvor qilish bilan birga Uning azobi haqida ham xabar berish lozim. Allohning afvi, karami va halimligini zikr qilsak, ammo Uning azobi haqida so'zlamasak, demak, biz solih va hakim emas ekanmiz. SHuning uchun haqqa chorlagan inson bu borada Nabiy sollallohu alayhi vasollamga ergashmog'i lozim. Ammo afsuski, ba'zilar u zotning uslublariga xilof ravishda faqat jahannam haqida so'zlasa, ba'zilar faqat jannatu hurlarni vasf qilaveradi.

Xulosa shuki, Alloh taolo dunyoda bir insonga ikrom ko'rsatsa, uni va boshqalarni shijoatlantirish uchun ikrom qilgan bo'ladi. Agar U Zot bir insonni jazolasa, uni va boshqalarni jilovlash uchun jazolagan bo'ladi.

Manba @Zufar_Domla

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haj2025

😎 ЭНГ ОҒИР СИНОВ
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Mazhabsizlik

Mazhabsizlikni ma'qullab, baralla qichqiradigan, qadim ulamolardan xato qidiradigan kimsalarning o'zi ham baribir mazhablar olib kelgan ilmlarga murojaat qiladi! Juda g'aroyib-da bu! Ular e'timod qiladigan kibor ulamolar, Mizziy bo'lsin, Asqaloniy yoki Iroqiy bo'lsin, barcha-barchalari mazhabga ergashgan, o'zini biror mazhabga nisbat bergan olimlar bo'lishgan! Rijollar haqida kitoblar yozgan, hadislarga sahih, sahih emas deya hukm bera olgan, har xil mavzularda gapira olgan tarixiy shaxslar bo'lishiga qaramay, ular o'sha mazhablardan chiqmagan!
Qanday qilib bizga qoldirilgan ilmlarni olib, keyin ularni mazhablarga qarshi kurashishga vosita qilishimiz mumkin?! Agar ular ilmni shu maqsadda ishlab chiqqan bo'lganlarida, birinchilardan bo'lib o'zlari mazhablarni tark qilib ketgan bo'lishardi!

"Hanafiy mazhabiga teran nigoh" kitobidan

Manba: @muhaddisuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
💬 CHATGPT DAN DINIY SAVOLLARGA JAVOB OLISH

Savol: Chatgpt (sun'iy intellekt) orqali diniy savollarimizga javob olsak bo'ladimi, shu javoblarga  amal qilsak bo'ladimi?

💭 Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo'q, bu joiz emas. To'g'ri, Chatgpt platformasi ayrim sohalarda insonlarga foyda bermoqda. Ammo diniy savollarga to'g'ri javob berishga ojizlik qiladi. CHunki u ham inson omili tomonidan ishlab chiqilgan bir mahsulot. Qolaversa, ba'zan savollarga taxminiy javoblar, hatto bu masala falon kitobda bor deb, arabiy iboralar ham berishi mumkin. Lekin u keltirgan iboralar na u aytgan kitobda va na boshqa fiqhiy manbalarda uchramaydi. SHu bois shar'iy masalalarga ahli ilm, mutaxassislarga murojaat qilish orqali yechim topish darkor. Alloh taolo oyati karimada bunday marhamat qilgan:


فَاسْأَلُوا أَهْلَ الذِّكْرِ إِنْ كُنْتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

📖 “Agar bilmaydigan bo'lsangiz, zikr ahlidan so'rangiz!” (Anbiyo surasi, 7-oyat).

❗️ Musulmon odam biror narsani bilmay qolsa, uni biladigan kishidan, o'sha sohaning «zikr ahli»dan o'rganishi lozim bo'ladi. SHunday ekan, e'tiqod va dinu-diyonatga tegishli narsalarni ham shu sohaning bilimdonlaridan so'rash talab etiladi. Buyuk tobeiy Ibn Sirin rahimahulloh bunday deganlar:


‌إن ‌هذا ‌العلم ‌دين فانظروا عمن تأخذون دينكم. رواه مسلم

📿 “Albatta, bu ilm dindir. Bas, diningizni kimdan olayotganingizga qaranglar” (Imom Muslim rivoyati).

📚 Mazkur iboraning sharhida Mulla Ali Qori rahimahulloh bunday deganlar:
“Bu ilm” so'zidan murod Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatga olib kelgan Qur'oni karim va hadisi sharifdan iborat bo'lgan ta'limotdir. Uni ishonchli va adolatli zotlardan olmoqdamisiz yoki yo'q, shunga nazar solinglar, ya'ni qaerdan, kimdan ilm olayotgangizni aniq bilinglar”. (“Mirqotul mafotih” kitobi). Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba: @muslimuzportal

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Omonatdor va va'dasida turadigan bandalarga jannat kafolati berilgan, ularga jannat va'da qilingan.

Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga uch narsada kafil bo'lsa, men uning uchun jannatga kafilman: gapirganda rost gapiringlar, va'da berganda vafo qilinglar, omonat berilganda xiyonat qilmanglar», dedilar (Imom Ahmad, Imom Hokim va Imom Ibn Hibbon rivoyati).

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Bu voqea ummat uchun katta bashorat | Ustoz Salohiddin domla

Manba @Isloh_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haj2025

😎 ҲОЖИ МУҲТОЖЛАР ҲОМИЙСИДИР
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Robbing bilan orangdagi barcha pardalarni bir bir ko'targinki, qalbing Robbingga sof bir ishq bilan bog'lana olsin. Uslub va qoidalaring bo'lsin. Ammo uslub va qoidalaringni o'zgalarni tishlamoq yoki ezish uchun qo'llama. Ey do'st! Ayniqsa butlardan uzoq tur va aslo o'z qarashlaringni butlashtirma!  Iymoning barcha narsadan ustun bo'lsin, ammo iymoning bilan kibr qilma!

SHams Tabriziy

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2025/06/16 09:36:51
Back to Top
HTML Embed Code: