TASADDUQ_YO_ROSULULLOH Telegram 9483
🌙 SALAVOT AYTISHDAN HOSIL BO'LADIGAN FOYDALAR

Salavotning foydalarini ko'pgina ulamolar aytib o'tishgan. Masalan, Hofiz ibn Hajar Asqaloniy kabi buyuk olimlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salavotu salom aytishning quyidagicha foydalarini bayon qilishgan:

1. Salavot aytish – Alloh subhanahu taoloning buyrug'iga bo'ysunishdir.
2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish – Alloh taologa muvofiqlikdir. To'g'ri, Allohning salavoti boshqa, bizning salavotimiz boshqa. Lekin bizning salavotimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga duo bo'lsa, Allohniki u zotni maqtash va ulug'lashdir.
3. Salavot aytish farishtalarning salavotiga ham muvofiqlikdir.
4. Bir marta salavot aytgan kishiga Alloh taolodan o'nta salavot bo'ladi.
5. Salavot aytgan kishining darajasi o'n baravar ko'tariladi.
6. Salavot aytgan kishiga o'nta yaxshilik yoziladi.
7. Salavot aytgan kishining o'nta yomonligi o'chiriladi.
8. Duodan oldin salavot aytilsa, duoning ijobat bo'lishidan umid ko'proq bo'ladi, chunki salavot duoni Allohning huzuriga olib chiqadi. Salavot bo'lmasa, duo yer bilan osmon o'rtasida to'xtab qolishi mumkin.
9. Salavot aytish sababidan biron narsa vasila qilingan bo'lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shafoat qiladilar.
10. Salavot aytish gunohlarning kechirilishiga sababdir.
11. Salavot aytish sababli Alloh taolo bandaning muammolarini hal qiladi.
12. Salavot aytgan banda Qiyomat kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqin bo'ladi.
13. Salavot aytish kambag'al kishi uchun sadaqa o'rnida bo'ladi.
14. Salavot aytish ehtiyojlarning qondirilishiga sababdir.
15. Banda salavot aytsa, Alloh va farishtalar ham unga salavot yo'llaydi.
16. Salavot aytish bandani poklaydi.
17. Ko'p salavot aytish bandaga o'limidan oldin jannat xushxabari berilishga sabab bo'ladi.
18. Salavot Qiyomat kunidagi dahshatlardan qutulishga sababdir.
19. Mo'min odam salavot aytsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga javob qaytaradilar.
20. Odam salavot aytsa, esidan chiqargan narsalari yodiga tushadi.
21. Salavot aytish majlisning chiroyli o'tishiga sababdir. Salavot aytilgan majlis ahli Qiyomat kuni afsus-nadomat qilmaydi.
22. Salavot aytish faqirlikni ketkazadi.
23. Salavot aytish bandadan baxillikni ketkazadi. Baxillik qila boshlagan kishi salavot aytsa, saxiy odamga aylanadi.
24. Salavot aytib yuradigan odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Huzurida mening nomim aytilganida menga salavot aytmagan kishining burni yerga ishqalansin», degan duoyi badlaridan qutulib qoladi.
25. Salavot aytish kishini jannat tomonga boshlaydi. Salavotni tark qilgan odam jannat yo'lidan adashadi.
26. Salavot aytish Alloh va Rasuli zikr qilinmagan, hamd aytilmagan va ulug'lanmagan, salavot aytilmagan yig'ilishning yomon oqibatlaridan saqlaydi.
27. Hamd va salavot bilan boshlangan so'zlar mukammal bo'ladi.
28. Salavot aytib yurgan banda Sirot ko'prigida to'liq nurga ega bo'ladi.
29. Salavot sababli banda zulmkorlikdan saqlanadi.
30. Alloh taolo salavot aytgan bandaga osmonu yer ahli orasida chiroyli maqtovlar aytadi, chunki salavot aytgan odam Rasululloh sollalohu alayhi va sallamni maqtagan bo'ladi, Alloh taolodan u zotni ulug'lashni so'ragan bo'ladi va shu so'roviga yarasha o'ziga ham go'zal maqtovlar qaytariladi.

“Eng sharafli ummat” kitobidan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1

tgoop.com/Tasadduq_yo_Rosululloh/9483
Create:
Last Update:

BY Tasadduq Yo Rosulullohﷺ

Share with your friend now:
tgoop.com/Tasadduq_yo_Rosululloh/9483

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Unlimited number of subscribers per channel Don’t publish new content at nighttime. Since not all users disable notifications for the night, you risk inadvertently disturbing them. In the “Bear Market Screaming Therapy Group” on Telegram, members are only allowed to post voice notes of themselves screaming. Anything else will result in an instant ban from the group, which currently has about 75 members. A few years ago, you had to use a special bot to run a poll on Telegram. Now you can easily do that yourself in two clicks. Hit the Menu icon and select “Create Poll.” Write your question and add up to 10 options. Running polls is a powerful strategy for getting feedback from your audience. If you’re considering the possibility of modifying your channel in any way, be sure to ask your subscribers’ opinions first. The visual aspect of channels is very critical. In fact, design is the first thing that a potential subscriber pays attention to, even though unconsciously.
from us

Telegram Tasadduq Yo Rosulullohﷺ
FROM American