UNIVERSALLEGALAID Telegram 371
🇺🇸🇰🇷🇯🇵Fuqarolarni AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya davlatlariga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar S.Sh. (muqaddam sudlangan) va D.E. o‘zaro til biriktirib, fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, AQSHga ishga yuborishini vaʼda qilib, buning uchun 18 000 AQSH dollari miqdorida xarajat qilganini aytib, evaziga X.A.ning “Toxirshayx” mahallasidagi uy-joyini firibgarlik yo‘li bilan rasmiylashtirib olishga erishgani aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning G‘allaorol tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.I. fuqaro O.P.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreyaga ishga yuborishi evaziga 12 600 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tumandagi Birlashgan ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqarolar M.O. va D.A. fuqaro T.B.ning ishonchiga kirib, unga Yaponiyaga ishga yuborishi uchun viza olib berishini aytib, evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish qonunchilikka muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

Xorijga xususiy bandlik agentliklari (firmalar) orqali ishga ketishga harakat qilayotgan yurtdoshlarimiz firmaning litsenziyasi bor yoki yo’qligini tekshirib ko’rishlari juda muhim.

👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

👉 https://www.tgoop.com/Universallegalaid

tgoop.com/Universallegalaid/371
Create:
Last Update:

BY Зафар Рахимов | Адвокат

Share with your friend now:
tgoop.com/Universallegalaid/371

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Co-founder of NFT renting protocol Rentable World emiliano.eth shared the group Tuesday morning on Twitter, calling out the "degenerate" community, or crypto obsessives that engage in high-risk trading. Done! Now you’re the proud owner of a Telegram channel. The next step is to set up and customize your channel. Polls Avoid compound hashtags that consist of several words. If you have a hashtag like #marketingnewsinusa, split it into smaller hashtags: “#marketing, #news, #usa. How to Create a Private or Public Channel on Telegram?
from us

Telegram Зафар Рахимов | Адвокат
FROM American