tgoop.com/agrolaboratoriya/5898
Last Update:
🌱🧱 O‘simlik ildizlari orqali tuproqning zichlanishini aniqlash
💧 Tuproqning zichlanishi uning suvni ushlab qolish qobiliyatini sezilarli darajada o‘zgartiradi, bu esa suvning infiltratsiyasi va saqlanishiga ta’sir qiladi.
📈 Tuproqning zichligi atigi 20% ga ortishi natijasida suv infiltratsiyasi 80% gacha, suv saqlash qobiliyati esa 50% gacha kamayishi mumkin. Bu suvning tuproqqa o‘tishi va unda saqlanishini qiyinlashtiradi.
💨 Zichlangan tuproqdagi mayda va kam bog‘langan g‘ovaklar havo almashinuvini cheklaydi, natijada kislorod yetishmovchiligi (gipoksiya) yuzaga kelishi mumkin.
📉 Kislorod yetishmovchiligi tuproqdagi kimyoviy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu jarayonda odatda zararli bo‘lmagan marganets va temir birikmalari o‘simliklar uchun zaharli shakllarga aylanadi.
🌊 Qattiqlashgan tuproq sirtida suvning oqib ketishi ortadi, bu esa tuproqning qimmatli ozuqa moddalarini va organik tarkibini yuvib ketishiga sabab bo‘ladi.
🌱 Ildizlar zichlangan tuproqqa duch kelganda, quyidagi stress reaktsiyalarini namoyon qiladi:
- o‘sishning sustlashishi,
- ildizning yanada qalinlashishi,
- lateral (yon) shoxlarning kamayishi,
- ildiz tuklarining kam rivojlanishi.
⌬ Tuproq zichlanganda, o‘simlik ildizlari chiqaradigan etilen gazi tuproqda to‘planib qoladi. Bu esa ildizlarni rivojlanishini boshqaruvchi signal sifatida xizmat qiladi va ildizlarning o‘sish strategiyasini o‘zgartiradi.
📷 Rasm: Zichlangan va zichlanmagan tuproqdagi ildizlarning o‘zgarishi (Manba: Ogorek et al., 2024; DOI: 10.1016/j.tplants.2024.10.014).
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇