tgoop.com/allaevuzb/5992
Last Update:
Gazeta uzda "Nazorat" degan OAV jurnalistlari ovqatlanish tarmoqlarini qanday qilib kuydirishganini oʻqib achindim. Voqeaga koʻra, qasddan ovqatlar orasiga tarakan solinib, keyin uni tarqatish bilan qoʻrqitib pul talab qilingan.
Bugun 4ta ish oʻrni yaratib, soliq toʻlab, kundan kunga oshib borayotgan nazoratlardan oʻtib, jarima toʻlab biznes qilish shundoq ham oson emas. Bir nechta tadbirkorlar bizneslarni yopib pulni bankka qoʻyayotgan yoki uy-joy olib ijaraga berayotgan holatlarni ham koʻrdim.
Oʻzi shundoq ham oson boʻlmagan vaqtda, adolat himoyachisi boʻlgan, xalq ishongan jurnalist va blogerlar bu ishni qilishi achinarli. Reklama olishni, piarni, bor ana pulini olib yaxshi tomonini koʻrsatishni tushunaman, lekin aybi yoʻq tadbirkorni bunaqa shantaj qilish hech qanaqa professionalizmga toʻgʻri kelmaydi.
Keyin, juda koʻp hollarda sarlavha bilan manipulyatsiya qilinmoqda. Ichini oʻqisangiz butunlay boshqa narsa boʻladi. Bu ham biror etikaga toʻgʻri kelmaydi.
Shunchaki afsus
#biznes
@allaevuzb
BY Allaev Uz
Share with your friend now:
tgoop.com/allaevuzb/5992