tgoop.com/antikor_uzb/3204
Last Update:
2024-yilda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan to‘langan dividendlar tahlil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6247-son Farmonida Soliq qo‘mitasi tomonidan har chorakda Ochiq maʼlumotlar portalida davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan yil (chorak) yakuni bo‘yicha to‘langan dividendlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ochiq eʼlon qilib borish belgilangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasi ochiq eʼlon qilgan maʼlumotlar asosida davlat ishtirokidagi korxonalarning 2024-yilda to'lagan dividendlari tahlil qilindi.
Unga ko'ra, mazkur davrda 994 ta korxona tomonidan jami 5,78 trln so‘m dividendlar to‘langan.
Eng ko‘p dividend to‘lagan davlat ishtirokidagi korxonalar:
1️⃣ "Navoiyuran" DK - 2.050,1 mlrd so‘m
2️⃣ "O'zavtosanoat" AJ - 870,7 mlrd so‘m
3️⃣ "O'zmilliy bank" AJ - 452,5 mlrd so‘m
4️⃣ "O'zbekneftgaz" AJ - 419,9 mlrd so‘m
5️⃣ "Navoiyazot" AJ - 288,8 mlrd so‘m
6️⃣ "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ - 282,5 mlrd so‘m
7️⃣"Uzbekistan airways" AJ - 212,6 mlrd so‘m
8️⃣ "O`zkimyosanoat" AJ - 134,2 mlrd so‘m
9️⃣ "Uzauto motors" AJ - 116,6 mlrd so‘m
🔟 "O`zaeronavigatsiya markazi" DUK - 107,3 mlrd so‘m
Qo‘mita tomonidan o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylari yakuni bo‘yicha eʼlon qilingan TOP-20 yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga ko‘ra, davlat ulushi mavjud 10 ta korxona 54,1 trln so‘m soliq to‘lagan.
Jumladan, yuqoridagi ro'yxatdagi "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ 24,1 trln so‘m, "Navoiyuran" DK 3,9 trln so‘m, "Uzauto motors" AJ 3,2 trln so‘m, "O'zmilliy bank" AJ 1,1 trln so‘m miqdorida soliq to‘lagan.
Shu kabi davlat ulushi mavjud bo‘lgan 262 ta bozor tomonidan 18,1 mlrd so‘m dividend to‘langan.
Eng ko‘p dividend to‘lagan davlat ishtirokidagi korxonalar (bozorlar):
1️⃣"Iste'molda bo`lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori" MCHJ - 5.466,2 mln so‘m
2️⃣"Aviasozlar dehqon bozori" AJ - 1.377,4 mln so‘m
3️⃣"Qo`yliq dehqon bozori" AJ - 926,2 mln so‘m
4️⃣"Farhod dehqon bozori" AJ - 786,2 mln so‘m
5️⃣"Yunusobod dehqon bozori" AJ - 767,7 mln so‘m
6️⃣"Mirobod dehqon bozori" AJ - 725,8 mln so‘m
7️⃣"Eski-juva dexqon bozori" AJ - 631,0 mln so‘m
8️⃣"Navro'z dehqon bozori" AJ - 587,8 mln so‘m
9️⃣"Buxoro markaziy dehqon bozori" AJ - 450,9 mln so‘m
🔟"Toshkent qishloq xo`jalik mahsulotlari ulgurji bozori" AJ - 367,5 mln so‘m
Agentlik tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ma‘lumotlarning belgilangan muddatlarda ochiqlanishi doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
BY Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Share with your friend now:
tgoop.com/antikor_uzb/3204